Jizzax: ilmiy izlanishlar munosib sharoit yaratilganda samara beradi

10:15 / 05.04.2024
#
#
#
#
#
#
#
#
#

     Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligining eng asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustuvor bo‘lmog‘i darkor. (https://telegra.ph/Jizzax-ilmiy-izlanishlar-munosib-sharoit-yaratilganda-samara-beradi-03-30)

     Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi manzil sifatida G‘allaorol tumanida joylashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini tanlagani ham bejiz emas.

     I.Abdurahmonov institut faoliyati bilan tanishar ekan, birinchi navbatda institut bugungi kunda qanday ishlarni amalga oshirayotgani, tadqiqotlar ko‘lami qay darajada bo‘lishiga e’tibor qaratdi.