Imkoniyat izlash va natijaga erishish o‘z qo‘limizda

04:51 / 02.02.2024
#
#

Avval xabar berganimizdek,  (https://t.me/uzagroministry/17697)Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

   Tashrif davomida viloyatning klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. (https://www.agro.uz/imkoniyat-izlash-va-natijaga-erishish-o-z-qo-limizda/)

   Unda ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

   Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.