Ilmiy faoliyat bilan tanishuv

04:44 / 10.10.2023
#
#
#

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor Sh. Teshayev Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib,  ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar natijalari, yangi ishlanmalarning namunalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, institut hududida 2023-yilda Global ekologik jamg‘armaga qarashli kichik grantlar dasturi asosida tuzilgan loyiha mablag‘lari hisobidan  tashkil qilingan mini sex hamda tajriba xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi. 
Mini sexga zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalarning tajriba nusxalarini yasab, kichik partiyalarda ishlab chiqargan holda, fermerlar va  klasterlarga yetkazib berish imkoniyati yaratilgan. 
Tashrif davomida Sh.Teshayev institutda faoliyat yuritayotgan laboratoriya rahbarlari, yosh olimlar bilan suhbatlashib, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan ijobiy natijalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Ishlab chiqarish bilan doimo integratsiyada bo‘lish xususida samimiy fikrlashib, mini syex faoliyatini kengaytirish va tajriba xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar berdi.