#Hududlardan_xabarlar

13:30 / 24.01.2024
#
#
#

Farg’ona viloyat Agroxizmatlar markazi mutaxassis xodimlari Farg’ona viloyati tumanlaridagi bog’dorchlik fermer xo’jaliklariga:

bog‘ qator oralari ichki ariqlarini va uvot chetlarini xas-xashaklardan tozalash. 
ko‘chatlarga chilla suvi berish; 
daraxtlarga shakl berish; 
maxalliy va mineral o‘g‘itlar, fasfarit solish; 
hasharot va zararkunandalarga qarshi miskuporost bilan ishlov o‘tkazish; 
bog‘larni rekonstruktsiya qilish, qurigan ko‘chatlar o‘rniga ekish; 
eskirgan bog‘larni xatlovdan o‘tkazib, yaroqsiz xosildorligi past, sifati talabga javob bermaydigan bog‘larni buzish o‘rniga yangidan intensiv eksport bop meva ko‘chatlarini ekish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar bermoqdalar.