Germaniya universitetlari talabalari AKISda

07:30 / 09.08.2023
#
#
#
#
#
#

Shu kunlarda mamlakatimizda Germaniya va O‘zbekistonning qator universitetlari talabalari uchun “O‘zbekistonda barqaror qishloq xo‘jaligi” nomli xalqaro yozgi maktab o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha Germaniya akademik almashinuv xizmati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida yetakchi mutaxassislarning nazariy mashg‘ulotlari bilan bir qatorda mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yetakchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga tashrifi ham ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash kerakki, mazkur tashabbusni amalga oshirish “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi” va “Qishloq xo‘jaligi ta’lim tizimini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish strategiyasi”da nazarda tutilgan. Germaniyadan kelgan bir guruh talabalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Toshkent viloyati agroxizmatlar ko‘rsatish markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.