Dunyodagi eng qimmat 3 ta yongʼoq turi

11:30 / 01.11.2023
#
#
#


Dunyodagi eng qimmat 3 ta yongʼoq turi
Mamlakatimizning qishloq hududlarida yongʼoq ekilmagan xonadon deyarli uchramaydi. Boisi, qadimdan ota-bobolarimiz yongʼoqni yesang ovqat, sotsang pul boʼladi deb uqtirib kelishgan. Rostdan ham tomorqasida ikki tup yongʼogʼi bor xonadonda yongʼoq pishganda roʼzgʼorning bir kemtigi butun boʼlgan.Yongʼoqning magʼzi bilan birga poʼstlogʼi hamda bargi ham inson organizmi uchun foydalidir. Quyida dunyodagi eng qimmat yongʼoq turlari toʼgʼrisida maʼlumot bermoqchimiz.


Makadamiya
Makadamiya Avstraliyada yovvoyi holda oʼsadi. Uning toʼqqiz turi tasvirlangan, ammo faqat ikkita navi qimmatbaho meva beradi. Makadamiyaning eng keng tarqalgan navlari butun bargli makadamiya hisoblanadi. Makadamiya asosan Gavayi, Braziliya, Janubiy Afrika va Yangi Zelandiyada koʼp yetishtiriladi. Biroq jahon bozoriga eng koʼp mahsulot yetishtirib beruvchi davlat Аvstraliya hisoblanadi. Ushbu davlat yiliga 40 ming tonna makadamiya yongʼogʼini eksport qiladi.
Makadamiya yongʼogʼining taʼmi fundukning taʼmiga oʼxshaydi, ammo ularning yadrosi yanada yumshoq va sariyogʼsimon. Аntioksidant xususiyatlarga yega, xolesterolni tanadan olib tashlaydi va saraton kasalligiga qarshi yaxshi profilaktika chorasi hisoblanadi. Makadamia yogʼi kosmetik mahsulot sifatida ishlatiladi. U teriga osongina soʼriladi, terini namlaydi va yumshatadi. Taʼkidlanishicha, makadamiya yongʼogʼi va yogʼi odamlarga hech qanday nojoʼya taʼsir koʼrsatmaydi. Internet tarmogʼida kuzatishimizga qaraganda ushbu mahsulot Toshkent supermarketlarida shu kunlarda 120 ming soʼm atrofida savdoga chiqarilgan.

 
Pekan
Pekan yongʼogʼi Shimoliy Amerikaning janubiy hududlarida oʼsadi. Yongʼoqning shakli choʼzinchoq va yumaloqdir. Ularning uzunligi 8 sm ga yetishi mumkin. Oʼziga xos shirin taʼmi bilan biroz bodomni eslatadi.
AQSh jahon bozoriga eng koʼp miqdorda pekan yongʼogʼi yetkazib beruvchi hisoblanadi. Bu daraxt Kaliforniya, Jorjiya va boshqa janubiy shtatlarda oʼstiriladi. Ushbu yongʼoq daraxti Texas, Nyu-Meksiko va Arizona shtatlarida katta maydonlarida tabiiy holda oʼsadi. Ularning hosili sanoat miqyosida yigʼib olinadi.
 Yuqori kaloriya miqdori tufayli bu yongʼoqlarning oz miqdori ham ochlikni yaxshi qondiradi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, pekan surunkali charchoq sindromini bartaraf etish va ishtahani yaxshilashga yordam beradi. Pekanlarni isteʼmol qilishning salbiy taʼsiri yoʼq. Ammo bu noziklikni suisteʼmol qilmaslik kerak. Koʼp miqdorda yogʼli yongʼoqlar oshqozonda ogʼirlik, hazmsizlik va diareyani keltirib chiqarishi mumkin.
Pekanlar xom yoki qovurilgan holda isteʼmol qilinadi, muzqaymoq va boshqa shirinliklarga qoʼshiladi va pirog va tortlar uchun plomba tayyorlashda ishlatiladi. Uning yadrosidan sabzavotli salatlar tayyorlash uchun juda mos boʼlgan mazali oziq-ovqat yogʼi olinadi. Ushbu yongʼoqning 1 kilogrami uchun Toshkent supermarketlarida 60 ming soʼm narx belgilangan.

Keju
Ilmiy taʼrifda kaju yongʼoq deb atalmaydi. Bu aslida Anakordium occidentalis deb ataladigan dukkakli daraxtning mevasi. Anakordium - balandligi 7 metrgacha gacha boʼlgan doimiy yashil daraxt. Kaju mevasi gʼayrioddiy koʼrinishga ega. "Yongʼoq" goʼshtli sopi tepasida oʼsadi, pishganida qizgʼish-toʼq sariq rangga aylanadi.Kaju yongʼoqlarini faqat maxsus qayta ishlashdan keyin isteʼmol qilish mumkin. Chunki urugʼ va uning qattiq qobigʼi oʼrtasida oʼyuvchi, zaharli sharbat mavjud boʼlib, u teriga yoki shilliq qavatlarga tushsa, kuchli kimyoviy kuyishga olib keladi. Savdoga joʼnatilishdan oldin, kaju yongʼoqlari qattiq qobigʼidan yehtiyotkorlik bilan tozalanadi, soʼngra zaharli moddalar toʼliq bugʼlanib ketguncha issiqlik bilan ishlov beriladi. Urugʼlarni kesish butunlay qoʼlda amalga oshiriladi va maxsus mahorat talab qiladi. Bu kajuning yuqori narxini tushuntiradigan murakkab qayta ishlash texnologiyasi. Yongʼoqning vitamin tarkibi juda boy. Noyob vitamin va mineral tarkibi tufayli kajular metabolizmni normallantiradi, xolesterin darajasini pasaytiradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Shifokorlar psoriaz, metabolik kasalliklar va distrofiya uchun parhezning bir qismi sifatida kajudan foydalanishni tavsiya etadilar. Uning Toshkent supermarketlaridagi bugungi oʼrtacha narxi 67 ming soʼm atrofida.
Аnvar Haqberdiev tayyorladi.