DOKTORANTLARNING YARIM YILLIK TADQIQOT ISHLARI SAMARASI TAHLIL QILINDI

04:37 / 04.08.2023
#
#

Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Bosh direktori o'rinbosari - Ilmiy tadqiqotlar majmuasi rahbari Fahriddin  Qirg'izboev, akademik tadqiqotlar sho'basi mudiri Boymurod Suvanov Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldilar. 

Tashrifdan maqsad: institutda tahsil oluvchi tayanch doktorant va doktorantlar faoliyati samaradorligi, ish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarilishi holatini baholash bo'yicha monitoring o'tkazish.

Tadqiqotchilar bilan bo'lib o'tgan muloqotda F.Qirg'izboev, B.Suvanov so'nggi yillarda mamlakatimizda Oliy ta'limdan keyingi ta'limni isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limdan keyingi ta'limni modernizatsiya qilish bo'yicha ko'rilayotgan choralar haqida batafsil gapirdi, dissertatsiya mavzusi bo'yicha nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish sonini oshirish, ilmiy izlanishlarni sifatli va o'z muddatida o'tkazilishi lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek muloqotda soha oldida turgan dolzarb muammolar, olimlar tomonidan yaratilgan tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mavjud intellektual potentsialni dolzarb muammolar yechimiga yo'naltirish va qishloq xo'jaligiga innovatsiyalarni keng tadbiq etish muhim ekanligi aytib o'tildi.