Doktorantlar tadqiqotlarining ilk natijalarini taqdimot qildi

09:36 / 27.02.2024
#
#
#
#
#

   Texnika dehqonning qanoti degan gap bejiz aytilmagan. Boisi texnika dehqonning og‘irini yengil qiladi, vaqtini tejaydi. Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi ham dehqonlar uchun yangi ilmiy ishlanmalarni yaratish maqsadida doimiy izlanishda.

  Bugun Milliy markazda ushbu ilmiy muassasa doktorantlari o‘zlarining ilmiy-tadqiqotlarining ilk natijalari xususida ekspertlar oldida taqdimot qildi.

  Ekspertlar dastlab doktorant G‘.Fozilovning “Smart texnologiyalar asosida makkajo‘xori urug‘liklarini tayyorlashning ilmiy-texnik yechimlari” mavzusidagi ilmiy izlanishi bilan tanishdilar.

Mavzuning dolzarbligi urug‘lik makkajo‘xorini aniq o‘lchamda saralovchi smart texnologiyani yaratishir.

  Taqdimotchining ma’lum qilishicha, tadqiqot hali davom etmoqda.

Ilmiy muassasaning yana bir doktoranti R. Yo‘ldoshev o‘zining “Tut ipak qurti uchun ekologik sof ozuqa tayyorlash elektrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy izlanishi xususida ekspertlarga ma’lumotlar taqdim qildi. Mavzu judayam qiziq. Biroq ekspertlar shu paytgacha qo‘lga kiritilgan natijalar bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini ta’kidlab, har ikkala doktorantga ham tadqiqotni puxta o‘tkazish va kelgusida ishlanmani tijoratlashtirish to‘g‘risida zarur tavsiyalar berdi.