Dekopon

09:17 / 07.11.2023
#

Dekopon 1972 yilda Yaponiyaning Nagasaki prefekturasida mandarin va ponkan (Osiyoda katta va juda mashhur mandarin) gibridlari sifatida paydo bo’lgan. Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya, Xitoy va yaqindan boshlab AQShda yetishtiriladi. Ko’pgina bilimdonlar dekopon bugungi kunda mavjud bo’lgan eng mazali sitrus mevasi ekanligini ta’kidlaydilar.

Dastlab, Dekopon o’zining yoqimsiz ko’rinishi tufayli istiqbolli ko’rinmadi. Ammo 1990-yillarga kelib usbu meva ommalasdi. Hozirda bitta mevaning narxi 9 dollarga yetmoqda. Dekopon Yaponiyadagi eng mashhur sitrus mevalaridan biridir.

Dekopon yirik issiqxonalarda yetishtiriladi. Shikastlanmaslik va to’g’ri sifatni ta’minlash uchun mevalar qo’lda teriladi va qadoqlanadi. O’rim-yig’imdan so’ng, mevalar limon kislotasi darajasini pasaytirish va shakarni ko’paytirish uchun 20-40 kun davomida ma’lum bir haroratda saqlanadi, shundan so’ng meva shirinroq va ta’mi yanada jozibali bo’ladi, shakar miqdori Brix shkalasi bo’yicha (shakar miqdori ko’rsatkichi) 16 yoki hatto 18 darajaga ko’tariladi (apelsin va klementin kabi tsitrus mevalarining boshqa savdo navlarida shakar kamdan-kam hollarda 11 - 13 darajaga etadi). 

Meva juda katta mandaringa o’xshaydi. Uning qobig’i qalin, qo’pol, bo’lakli, sariq, to’q sariq rangga ega. Shunga qaramay, qobiq pulpadan osongina ajratiladi. Pulpa suvli, zich, urug’siz, kuchli mandarin hidiga ega, mazali, shirinligi engil tetiklantiruvchi nordon bilan muvozanatlangan.

Dekopon – kaliy, xun tolasi, tola, shakar, oqsil va vitaminlarni o’z ichiga olgan past kaloriyali meva. O’rtacha meva S vitamini uchun kunlik tavsiya etilgan qiymatning taxminan 100 foizini o’z ichiga oladi.