Bugun Milliy markaz an’anasiga ko'ra "Olimlar muloqoti" bo‘lib o‘tdi

12:57 / 15.02.2024
#
#
#

     Videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan seminar-treningning bu galgi taqdimotchilari  Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi bo‘ldi.

     Mavzu: "Sug‘oriladigan maydonlar uchun qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari"

     Muloqot davomida tadqiqotning yangiligi sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun qattiq bug‘doyning issiqlikka, zang kasalliklariga chidamli, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari yuqori  bo‘lgan boshlang‘ich manba va yangi navlarini yaratishdan iboratligi ma’lum qilindi. 

Tadqiqot davomida olingan natijalar ekspertlarga taqdimot qilindi.

Taqdimotdan so‘ng mavzu yuzasidan ekspetlarni qiziqtirgan barcha savollarga tadqiqot muallifi tomonidan batafsil javob berildi.