Biz korrupsiyaga qarshimiz

10:13 / 05.04.2024
#
#
#
#

    Bugun Milliy markaz va uning tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda salbiy holatlarga murosasiz bo‘lish, bunday holatlarining yuzaga kelishiga omil bo‘lgan kamchilik va muammolarni bartaraf etishni kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
    Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i  S. Xalilov  ishtirok etib, korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha oxirgi yillarda amalga oshirilgan ijobiy ishlari, qabul qilingan qonuniy hujjatlar haqida maʼruza qilib, tayyorlangan taqdimotlar orqali korrupsiya oqibatlari bilan barchani tanishtirdi.