Bionutriyent spectrometer

12:24 / 14.08.2023
#


Yangi mahsulotni qanday tanlaysiz? Masalan, pomidorning eng suvli va chiroyli ko‘rinishdagisini tanlaysizmi? Haqiqat shundaki, eng ishtahani ochadigan mahsulot biz uchun ozuqaviy jihatdan eng yaxshisi bo‘lmasligi mumkun. Ular, oddatda kimyoviy moddalarga to‘yingan bo‘ladi. Xo‘sh, eng sog‘lom, eng to‘yimli mahsulotni qanday topish mumkin?
Bionutriyent spektrometrlari fermerlar va iste’molchilar uchun mo‘ljallangan. Bu texnologiya  ekinlarning ozuqa moddalarining zichligini o‘lchash uchun qo‘lda ishlatiladigan uskuna. Ular o‘simlik namunasiga yorug‘lik berish orqali aniqlanadi. Bu esa uni o‘lchash mumkin bo‘lgan to‘lqin uzunliklari shaklida energiya chiqarishga olib keladi. Keyin bu energiya o‘simlikning ozuqaviy tarkibini aniqlash uchun tahlil qilinadi.
Bionutriyent spektrometrlarining afzalliklaridan biri shundaki, ular ekinlarning ozuqaviy moddalar tarkibini tez va zararsiz baholash imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlardan fermerlar tuproq holatini  yaxshilash va ekinlarining ozuqaviy zichligini oshirish uchun dehqonchilik amaliyotlarini o‘zgartirish uchun foydalanishlari mumkin.