Agrar sohani rivojlantirishda Koreya Respublikasi bilan hamkorlik

09:27 / 13.11.2023
#
#
#
#
#
#



Agrar sohani rivojlantirishda Koreya Respublikasi bilan hamkorlik 

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbarining “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.
Hujjat ijrosini ta'minlash asnosida Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi malakali olimlari Seul Universiteti professorlari ishtirokida  belgilangan dastur asosida Qishloq xo‘jaligi xalqaro universiteti va Toshkent davlat agrar universitetida “Aqlli fermer xo‘jaligi hamda Toshkentda ko‘chatchilikni rivojlantirish” mavzusida   28 avgustdan 10 noyabrga qadar   o‘quv seminarlari o‘tkazildi. 
O‘quv seminarlarida Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat olib borayotgan 13 nafar ilmiy xodim o‘zlarining bilimlarini yanada boyitdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikatlar berildi.
Seminar qatnashchilari tomonidan olingan bilim va ko‘nikmalar asosida yurtimizda qulupnaychilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma materiallar tayyorlash va ularni dehqon xo‘jaliklariga hamda fermerlarga tarqatish ko‘zda tutilgan.
Koreya ta'lim, targ‘ibot agentligi va Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligida axborot xizmati va baliqchilik (EPIS) tomonidan tashkil etilgan seminarlar kelgusida Koreya davlatida davom etirilishi hamda ikki davlat olimlari o‘rtasida tajriba almashish, seminar treninglar 2026 yilga qadar tashkil etish belgilangan.