Agrar soha olimlari Butunjahon ilm-fan kunini nishonladi

13:17 / 10.11.2023
#
#
#
#
#
#
#

Agrar soha olimlari Butunjahon ilm-fan kunini nishonladi
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida 10 noyabr – Butunjahon ilm-fan kuni munosabati bilan “Agrar ilm - fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Ilmiy anjuman doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy - tadqiqot institutlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining so‘nggi ilmiy ishlanmalari ko‘rgazmasi  bo‘lib o‘tdii.
Anjumanda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohimjon Yo‘ldoshev ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi. Vazir Ibrhimjon Abdurahmonov tadqiqot mualliflariga foydali ishlanmalarni tijoroatlashtirish, ilmiy ishlarni takomillashtirish borasida tavsiyalar berdi. Yosh olimlar bilan samimiy suhbatlashib, ilm bilan shug‘ullanishda yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.
Shundan so‘ng, universitetning anjumanlar zalida konferensiyaning asosiy qismini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova tabrik so‘zi bilan ochdi. Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova o‘z so‘zida davlatimiz rahbarining sa’y – harakatlari bilan mamlakatimizda barcha sohalarda ayollarning o‘rni, nufuzi ortib borayotganligini, buni ilm-fan sohasida katta natijalarga erishayotgan olima ayollar misolida ham ko‘rish mumkinligi haqida to‘xtaldi.
Sana munosabati bilan tabrik uchun so‘z olgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohimjon Abdurahmonov mamlakatimiz agrar sohasining fidoyi olimlarini samimiy qutlab, qishloq xo‘jaligi ilmini yuksaltirish soha taraqqiyotining asosi ekanligini ta’kidladi. Bu borada amaliy ishlar boshlanganligi, yaqin kelajakda Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi haqida konferensiya ishtirokchilariga aytib o‘tdi. Ushbu yangilik olimlar tomonidan katta xursandchilik bilan qabul qilindi.
Shuningdek, konferensiyada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti olimlari agrar soha ilm-fani yutuqlari hamda yechimini kutayotgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok edi.
Eslatib o‘tamiz, Har yili 10 noyabr kuni ilm-fanning jamiyatdagi muhim o‘rni va ilm-fanga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirok etishi zarurligiga qaratilgan Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida butunjahon ilm-fan kuni nishonlanadi.
1999 yilda Budapeshtda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Butunjahon ilm-fan kuni bayramini joriy qilish haqidagi taklifni YUNЕSKOga yo‘llaydi. YUNЕSKO 2001 yilda ushbu taklifni ma’qulladi va 10 noyabr sanasini Butunjahon ilm-fan kuni deb rasman tasdiqladi, bu bayramning to‘liq nomi “Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida butunjahon ilm-fan kuni” deb qayd etildi.
Bu bayramni joriy etishdan asosiy maqsadlardan biri jamiyat taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida ilm-fan ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ilm-fan yo‘liga to‘g‘anoq bo‘layotgan muammolarga jamiyat e’tiborini jalb etish va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdir.