8 mart- Xotin qizlar kuni munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar uchun “Agrar sohaning novator olimasi” tanlovi e’lon qilinadi!

12:35 / 20.02.2024
#

   Siz Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat yuritasizmi? O‘zingizni izlanuvchan va kreativ deb bilasizmi?
Demak, bu tanlov aynan siz uchun! 
Tanlovning dastlabki saralash bosqichi o‘zingiz faoliyat ko‘rsatayotgan institutda bo‘lib o‘tadi. 

   Dastlabki bosqichda g‘olib deb topilgan bir nafar nomzod Milliy markazda bo‘lib o‘tadigan final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi!

Tanlov shartlari juda oddiy!

Buning uchun o‘z ilmiy faoliyatingiz haqida 5 daqiqadan oshmagan videorolik tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etasiz! 
28 fevral sanasidan boshlab videoroliklarning ovoz yig‘ish jarayonlari, Milliy markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali amalga oshiriladi. 
Baholash jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishning mazmun-mohiyati, dolzarbligi bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rishlar va munosabatlar (layk) soni ham hisobga olinadi!

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan uch nafar ishtirokchi Milliy markaz direktori sovriniga ega bo‘ladi! 

1-o‘rin uchun – 10 mln so‘m va maxsus diplom;
2-o‘rin uchun 8 mln so‘m va maxsus diplom;
3-o‘rin uchun 5 mln so‘m va maxsus diplom.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!