15 oktyabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni"

06:07 / 11.10.2023
#

     2019 yildan buyon mamlakatimizda 15 oktyabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni"  keng nishonlanib kelinmoqda. Yurtimizning minglab qishloqlaridagi ayollar, agrar sohaning turli yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan opa-singillarimizning mehnatlari e’tirof etilmoqda.
      Shu munosabat bilan o‘tgan yillar  Qishloq xo‘jaligi vazirligi, "Agrar soha ayollari uyushmasi" va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori darajadagi tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. 
      Bu yil ham sana munosabati bilan  Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot dasturi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi loyihasi asosida "Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni" mavzuida xalqaro forum tashkil etildi. 


      Ayni daqiqalarda ushbu forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Forumda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Hukumat a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olima ayollar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida faoliyat yurptiuvchi qishloq ayollari ishtirok etmoqda. 
      Tadbirning ochilish qismida Oliy Majlis senati raisi T. Norboyevaning forum ishtirokchilariga yo‘llagan video murojaati namoyish qilindi.