Tabiatni asrash faqat majburiyat emas, daromad ham

#

Maktabda geografiya darsini qiziqib oʻqiganlar Oʻzbekistonning tabiati turli oʻsimlik va hayvonotga juda boyligini eslasa kerak. Kitoblarda koʻrsatilgan jonivorlarni hayotda ham bir kun uchratishni juda xohlar edik. Afsuski, ulardan ayrimlarini endi uchrata olmaymiz. Iqlim oʻzgarishi bilan Oʻzbekistonning tabiatiga ham zarar yetmoqda. Oʻtgan davrda koʻp oʻsimlik va hayvonot turlari yoʻqolib ketdi.

 

Afsuski, bunga biz ham sabab boʻlmoqdamiz. Oʻsimlik va hayvonot turlarining yoʻqolib ketishida inson omili ham juda jiddiy sanaladi.

 

Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti qoidalari tabiatni asrab-avaylashni qatʼiy belgilaydi. Tabiiy muhit qancha sogʻlom, barqaror boʻlsa, qishloq xoʻjaligi ham shunchalik sogʻlom va daromadli boʻladi. Shuning uchun qishloq xoʻjaligi ishlari tabiatga zarar keltirmasligini jiddiy kuzatish kerak. Bunda dehqon va fermerlarga AKIS tizimi bilimlari yordam berishi mumkin.

 

Aytaylik, qishloq xoʻjaligi ishlarida Oʻzbekiston qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonlarni bilib, aniqlashtirib olish, soʻng ularga imkon qadar zarar bermay ishlash tavsiya etiladi.

 

Bundan tashqari, baʼzi noyob turlar noqonuniy savdo obyektiga aylanishi mumkin. Odatda bunday hayvon oʻsimliklarni terib olib yoki ushlab, ovlab, noqonuniy sotib daromad qilishadi. Bu degani, nafaqat oʻsimliklarga zarar bermaslik, balki ularni noqonuniy terib olmoqchi boʻlgan odamlardan ham asrash kerak boʻladi.

 

Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotining bu qoidasiga amal qilinsa, hududda tabiat asraladi, qishloq xoʻjaligi ishlarini olib borib, katta hosil yoki daromad olish osonlashadi, suvdan, oziq-ovqatdan muammo kam boʻladi. Bundan tashqari, hududda turizmni yoʻlga qoʻyib, sayyohlardan daromad olsa boʻladi, chunki noyob oʻsimliklar va hayvonlarni koʻrishni istovchilar doim topiladi.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari