Suvni koʻp emas, kam emas, meʼyorida ishlatishning foydasi

#

Dehqonchilik bilan shugʻullanmagan odamlar orasida “suv qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi” deb oʻylovchilar bor. Lekin koʻproq sugʻorish hosildorlikni oshiradi, degan fikr toʻgʻri emasligini usta dehqon va fermerlar yaxshi biladi.

 

Sugʻorma suvdan ortiqcha foydalanish yer shoʻrlanishiga, tuproq yemirilishiga, hosildorlik pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, oz suv talab qilgan ekinga koʻp suv berish ortiqcha suv, vaqt va pul sarflash demakdir.

 

Sogʻlom dehqonchilik suv ishlatishning meʼyorini bilishga asoslanadi. Har bir ekin qancha suv talab qilishi oʻlchab, aniqlangan. Bu maʼlumotlar AKIS tizimining muhim qismini tashkil qiladi.

 

Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotining birinchi qoidasi suvdan toʻgʻri foydalanishdir. Uning oʻziga yarasha tartibi, qonun-qoidasi ishlab chiqilgan. Ularga asoslanib, ham suv tejash, ham hosildorlikni oshirish mumkin.

 

Fermerlar uchun quyidagilarni bilish muhim:

- suv sifatini aniqlash;

- tuproq turini bilish;

- uning namligini tekshirish;

- ekinning suvga talabini bilish;

- yerning qiyaligini hisobga olish;

- jadval, tartib asosida sugʻorish;

- suvni imkon qadar tejash, ortiqcha ishlatmaslik.

 

Har bir fermer ishga kirishishdan oldin yana bir narsani hisobga olishi lozim: koʻp suv ishlatilishi, ekin suvga “koʻmilib” turishi kasalliklarni ham keltirib chiqarishi, yoki yovvoyi oʻtlar koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Suvni yetarli miqdorda ekin ildiziga yetkazadigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, bu xavfdan qutilish mumkin.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari