Quduq kerak, lekin burg‘ilashga “soqqa” yetmayaptimi?

#

Agrosubsidiya axborot tizimida kichik va katta hajmdagi quduqlarni burg‘ilash uchun subsidiyaga ariza yuborish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Ushbu turdagi subsidiya mablag‘lari quyidagi tartibda belgilanadi:

 

  • Suv taʼminoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (15 million so‘m) miqdorida;

  • suv taʼminoti og‘ir hududlardagi kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun katta hajmdagi vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi (150 million so‘mdan oshmagan) miqdorida;

  • fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 30 ta dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish uchun katta hajmli vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi (150 million so‘mdan oshmagan) miqdorida;

  • daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi (150 million so‘mdan oshmagan) miqdorida.

 

Subsidiya xizmatlaridan foydalanish uchun quyidagi linklarga kiring:

 

Kichik hajmdagi quduqlarni burg‘ilash (tomorqa yer egalari uchun)

 

Katta hajmdagi quduqlarni burg‘ilash (tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari uchun)

 

Daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari