Qoplama ekinlar yordamida tuproqni asrash

#

Ilmiy kitoblarda “eroziya” deb ataladigan tuproq yemirilishi jarayoni dehqonchilikka katta zarar keltiradigan holatdir. Tuproq yuzasi oson suv, shamol va boshqalar taʼsirida yuvilib, yemirilib ketishi mumkin. Bu hosildorlikni pasaytiradi, tuproq sifatini oʻzgartiradi, bir soʻz bilan aytganda, ekin ekishni qiyinlashtiradi.

 

Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti mutaxassislari tuproq yemirilishiga qarshi kurashishning eng zoʻr yoʻli qoplama ekinlar ekish ekanini aytadi. Bunda ham tuproq organik moddalarga toʻyinadi, ham namlik koʻproq ushlab turiladi.

 

Shunday qilib, qishki mavsumda tuproqni saqlash uchun qoplama ekinlar ekish yoki mulchalash (oʻsimlik qoldiqlarini qoplash) zarur. Mutaxassislar quyidagi maslahatlarga amal qilishni tavsiya qiladi:

- qishki shudgor;

- angʻiz shudgori;

- hosil yigʻim-terimidan soʻng oʻsimlik qoldiqlarini dalada qoldirish;

- yem-xashak ekinlarini yetishtirish;

- mulchalash.

 

Bu choralar tuproqni asrashi, hosildorlikni oshirishi, daromadni koʻpaytirishi yuqorida aytildi. Bulardan tashqari, qoplama ekinlar chorva uchun yemish boʻlib xizmat qiladi.

 

Aslida bu ish tajribali oʻzbek fermerlariga yaxshi tanish boʻlsa kerak, ammo butun dunyoning eng ilgʻor tajribasini bir yerga toʻplaydigan AKIS tizimi jarayonni yaxshilashga, sarf-xarajatni kamaytirishga yordam beradi. Shuning hududiy agroxizmat (AKIS) markazlariga, ularning maslahat guruhlariga, Oʻzbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutiga murojaat qilib, shu asosda tuproqni qoplash ishlarini olib borishni tavsiya qilamiz.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari