Qishloq xoʻjaligi, yovvoyi qushlar va tabiiy muvozanat haqida

#

Qishloq xoʻjaligi faqatgina ekin ekish, yigʻish, chorva boqish, chorva mahsulotini olishdan iborat emas. U oʻz ichiga tabiatni asrash majburiyatlarini ham oladi. Gap faqat masʼuliyatda, tabiat va jamiyat oldidagi majburiyatda emas. Yovvoyi tabiat qishloq xoʻjaligining taʼminotchisidir – u bizni yer, suv bilan, tabiiy resurslar bilan taʼminlaydi, bularsiz esa qishloq xoʻjaligini yuritish mumkin emas. Shu bois yovvoyi tabiatdagi muvozanatni asrash, resurslarni toʻgʻri ishlatish muhim.

 

Shu bois boʻlsa kerak, maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti bioxilma-xillikni, yaʼni tabiatdagi yovvoyi jonzotlarni va oʻsimliklarni saqlashni taʼminlaydi. Uning 7-boshqaruv qoidasiga koʻra, fermelar oʻz yerlaridagi yovvoyi qushlarni himoya qilishlari kerak.

 

Sir emas, dunyoda yovvoyi qushlarning turlari kamayib ketmoqda. Qushlar tabiatda muhim vazifalarni bajaradi, tabiiy muvozanatni saqlashda qatnashadi. Ular qirilib ketmasligi, boshqa yerlarga koʻchib ketmasligi uchun qishloq xoʻjaligi yerlarida ham ularning uyalarini himoya qilish, oziq-ovqat borligini tekshirib turish, ularning hayotiga zarar bermaslik talab etiladi.

 

Ushbu qoidaga koʻra, qushlarning in qurish mavsumida: oʻsimlik qoldiqlarini daladan chiqarib tashlashda in quradigan butalarni qoldirish; daraxt shoxlari va butalardan tashkil qilingan devorlarni kesib tashlamaslik talab qilinadi.

 

Bundan tashqari, yovvoyi qushlar koʻpayishiga yordam beradigan daraxtlarni ekish. Tabiiyki, qushlarni tutish, tuxumlarini yoʻq qilish ham mumkin emas.

 

Fermer yovvoyi qushlarga vaqt ketkazib nima qiladi, qanday foyda koʻradi, degan savol tugʻiladi. Gap shundaki, yovvoyi qushlar zararkunandalarni terib yeydi, yaʼni fermerning oʻgʻitga ketadigan xarajatini kamaytiradi, vaqtini tejaydi.

 

Oxirgi yillarda jahonda rivojlanayotgan boshqa holat bor. Qishloq xoʻjaligi yerlarida yovvoyi qushlarni koʻpaytirib, turistlarni qiziqtirish mumkin. Shunda yer fermerga nafaqat dehqonchilik bilan, balki agroturizm bilan ham daromad keltiradi. Ham tabiatni asrash, ham turizmni rivojlantirish, ham daromad koʻrish fermerlarga berilgan zoʻr imkoniyatdir.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari