GAP haqida gap

#

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olganda ularning kelib chiqishiga qiziqasizmi? Sotuvchidan mahsulot qachon, qayerda ishlab chiqarilganini, tarkibida nima borligini soʻraysizmi? Ishlab chiqaruvchilarning ish sifatini baholashni bilasizmi? Agar bu befoyda vaqt yoʻqotish deb oʻylasangiz, unda maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti haqida oʻqib koʻring.

 

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning asosiy shartlaridan biri qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kuzatib borish boʻlib qoldi. Salomatligini oʻylagan xaridorlar oziq-ovqat qanday qilib, nima mahsulotdan ishlab chiqarilganini bilishni istaydi, ishlab chiqaruvchi va sotuvchidan bu haqda maʼlumot soʻraydi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mana shu ehtiyojga moslash natijasida GAP – Good Agricultural Practice konsepsiyasi vujudga keldi.

 

Oziq-ovqat salomatligini taʼminlash, mijozlarga tar meva va sabzavot yetkazib berish masalasi Yevropada 90-yillarda dolzarb boʻldi. 1997-yilda qitʼaning yetakchi riteylerlari EUREP nomi ostida birlashib, EUREPGAP standartini ishlab chiqdi. U bugungi maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotining asosini tashkil qiladi.

 

2007-yilda bu standart qayta koʻrib chiqilib, GLOBALGAP nomi ostida dunyo miqyosida qabul qilindi. Bu standartlarning asosiy shartlari, qoidalari chop etildi va qishloq xoʻjaligi sohasidagi bilimlarning ajralmas qismiga aylandi.

 

GAP shunchaki mahsulotni dezinfeksiya qilish emas. U ishlab chiqaruvchilarga mahsulot kirlanishi va zararlanishining oldini olishga yordam beradi, yaʼni chuqurroq jarayonlarni, hosilni toʻgʻri yigʻish, toʻgʻri saqlash va yetkazish qoidalarini oʻz ichiga oladi.

 

Oʻzbekistonda ham oxirgi yillarda qishloq xoʻjaligi GAP standartlariga rioya etish ustidan nazorat oʻrnatildi. 2020-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligida maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotini rivojlantirishni nazorat qiluvchi boshqarma tashkil etildi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga boshqa talablar qoʻyildi.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari