G‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish

G‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida kartoshka, mosh, tariq, soya, zig‘ir, sabzavotlardan oqbosh karam, gulkaram, pomidor, sabzi, piyoz, bodring, osh lavlagi, turp, sholg‘om, rediska, sarimsoqpiyoz, ko‘kat, qovun-tarvuz, yem-xashak ekinlari hamda ertapishar makkajo‘xori ekib, mo‘l va sifatli hosil olish mumkin.

 

Turli davlatlarda mosh, loviya, no‘xat va fasol ekinlari mahsulotiga talab ham yuqori bo‘lmoqda, bu esa o‘z o‘rnida Respublikamizda eksport o‘sishi va valyutani kirib kelishini kafolatlaydi.

 

Mosh. Respublikamizda ekish uchun moshning “Marjon”, “Durdona”, “Zilola”, “Navro‘z”, “Radost” navlari tavsiya etiladi.

 

Viloyatimizda mosh asosan iyun oyining oxiri va iyul oyining boshlarida ekiladi. Ekish me’yoriga ko‘ra,  mosh qo‘sh qatorlab ekilganda (qator orasi 60 sm) urug‘ sarfi 40-45 kg/ga, qatorlab (qator orasi 60 sm) ekilganda esa 25-30 kg/ga ni tashkil etadi.

 

Loviya. Viloyatimiz hududlarining ekin maydonlarida asosan mahalliy navlar yetishtirilib kelinadi. Ekish me’yori va tartibiga ko‘ra, loviya urug‘i iyun-iyul oylarida qator oralab (qator orasi) 60-70 sm qilib ekiladi. Ekish chuqurligi 4-6 sm bo‘lib, 10 sotix maydonga o‘rtacha 6-8 kg urug‘ sarflanadi.

 

Fasol. Respublikamizda yetishtirilayotgan navlaridan – “Shedraya” – tezpishar navi bo‘lib, bo‘yi (25-40 sm), dukkaklari nim-shirin, rangi kul rang sariq tusda, urug‘ unib chiqqandan to ko‘k dukkagi yetilgunga qadar 40-45 kun o‘tadi. “Triumf saxarnыy” 764 – o‘rtapishar navi, hosildorligi yuqori, bo‘yi 30-40 sm, tupi tik va dukkaklari yirik, sariq rangda bo‘ladi. Antraknoz kasalligiga chidamli hisoblanadi. “Saksa bez volokonnaya 615” – sershox navi, tupi kuchsiz o‘sadi, shirin, juda tezpishar nav, guli och pushti rangli va urug‘i sariq kul rang bo‘ladi. “Yubileynaya 287” – ertapishar navi, mazasi shirin, yuqori hosilli, qurg‘oqchilikka chidamli hisoblanib, dukkaklari to‘g‘ri yoki uzunchoq - silindr shaklda, uchki qismi egilgan, pishganda rangi sariq bo‘lib, doni oval-buyraksimon, oq rangda bo‘ladi.

 

Fasolni almashlab ekish. Almashlab ekishda fasol uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar – bu donli ekinlar, lavlagi, makkajo‘xori, kartoshka, bodring va poliz ekinlari hisoblanadi. Fasolni bir joyga 4-5 yilgacha qayta ekish mumkin emas. Agar ushbu ekinni ekishda suv tanqisligi bo‘lmasa, fasolni makkajo‘xori va kartoshka bilan birga ekish yaxshi natija beradi.

 

Fasolni ekish muddatlari. Viloyatimizda fasol ekini aprelning oxiri va may oyining birinchi yarmida ekiladi. Fasol urug‘i don seyalkalari bilan ekiladi. Fasolni iyun-iyul oylarida yana takroriy ekin sifatida eksa bo‘ladi.

 

Fasol ekish oldidan yerlarni o‘g‘itlash. Fasol mineral o‘g‘itlarga juda ta’sirchan bo‘lib, har gektariga 80-100 kg,  fosforli va 50-60 kg dan azotli o‘g‘itlar solinadi. Urug‘ni ekishdan oldin nitragin bilan ishlash ancha samarali bo‘ladi.

 

Fasolni ekish va urug‘lik sarfi. Fasol qator oralari 50-60 sm. qilib keng qatorlab ekilganda, urug‘ning yirikligiga va tuproq iqlim sharoitiga qarab 3-5 sm chuqurlikda ekilib, gektariga mayda donli navlari 70-80 kg, yirik donli navlari esa 90-120 kg me’yorda ekiladi. Aholi tomorqalarida ikki qator qilib ekilganda, ekinlar orasi 15-20 sm, qator orasi esa 10-15 sm qilib ekiladi.

Tanlovli ekinlar

Tanlov chorva mollari