Paxtaning qoʻshimcha qiymat zanjiri haqida

Dunyoning 84 ta mamlakatida 200 millionga yaqin aholi 32-33 million gektar yerga chigit ekib, paxta yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadi.

 

Oʻzbekiston paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSh, Pokiston va Braziliyadan keyin oltinchi oʻrinda turadi. Avvallari paxta tolasini eksport qilish boʻyicha Oʻzbekiston AQSh va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinda turar edi. Keyinchalik paxtani oʻzimizda qayta ishlash sanoati rivojlanayotgani sayin oltinchi oʻringa oʻtdi.

 

Gʻoʻza texnik ekinlar ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. U asosan tolasi uchun oʻstiriladi. Paxta tolasi keng miqyosda turli maqsadlarda ishlatiladi.

 

Umuman, paxta xomashyosi va oʻsimlikning turli qismlari xalq xoʻjaligi uchun qimmatli xomashyo manbai boʻlib, undan 92 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Bir tonna chigitli paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi. Bir tonna chigitdan esa 170-220 kg moy, 380-400 kg kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg oʻsimlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi.