Dehqonlarga sugʻorish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Dehqonlar sugʻorish boʻyicha quyidagi roʻyxatdagi xizmat turlaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun Ilmiy-tadqiqot institutlari va AKIS oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xizmatlardan foydalanish uchun xizmat turini quyidagi roʻyxatdan tanlab, unga masʼul vakillarga murojaat qilish kerak boʻladi.

Xizmatlar

Xizmat koʻrsatuvchi

Xizmat turi narxi

Muddati

Agroxizmatlar nomidan

Institut nomidan

Sugʻoriladigan va lalmikor maydonlarda ekinlari yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida yomgʻirlati sugʻorishni afzalliklarini targʻib qilish

Lalmikor dehqonchilik ITI

Bepul

Mart-aprel

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyati agroxizmatlar markazi

Agrotexnologiya, ekologiya va atrof muhit muhofazasi laboratoriyasi mudiri

Suv tanqisligi sharoitida gʻoʻzani parvarishlashda zamonaviy suv va resurs tejovchi sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish, tomchilatib sugʻorish texnologiyasining ahamiyati, afzalliklari va gʻoʻza dalalarida qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish va joriy etishni targʻib qilish

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

Toʻlov asosida

Iyun, iyul, avgust

Viloyat va Qoraqalpogʻiston agroxizmatlar markazi

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

Gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoiti, sizot suvlari sathi, gidromodul hududlardan kelib chiqib, gʻoʻzani sugʻorish usullari, soni, muddatlari, meʼyorlari, davomiyligi, sugʻorishlar oraligʻi va texnikasi, tunda sugʻorishlar oʻtkazishning ahamiyati, sugʻorishda zamonaviy asboblardan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

Toʻlov asosida

Iyun

Viloyat va Qoraqalpogʻiston agroxizmatlar markazi

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

Mevali bogʻ va uzumzorlar barpo etish boʻyicha ilmiy asoslangan agrotexnik (ekin joylashtirish, nav tanlash, yer tayyorlash, ekish, shakl berish, oziqlantirish, sugʻorish) tavsiyalar berish va xizmat koʻrsatish

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Shartnoma asosida

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat agroxizmatlar markazlari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari F.M.Boyjigitov, Qoraqalpogʻiston, Andijon, Bandixon, Buxoro, Boʻstonliq togʻ, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Charxin va Xorazm ilmiy-tajriba stansiyalari rahbarlari