Dehqonlarga qurilma va uskunalar boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Dehqonlar qurilma va uskunalar boʻyicha quyidagi roʻyxatdagi xizmat turlaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun Ilmiy-tadqiqot institutlari va AKIS oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xizmatlardan foydalanish uchun xizmat turini quyidagi roʻyxatdan tanlab, unga masʼul vakillarga murojaat qilish kerak boʻladi.

Xizmatlar

Xizmat koʻrsatuvchi

Xizmat turi narxi

Muddati

Agroxizmatlar nomidan

Institut nomidan

Xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalarining yangi zamonaviy turlaridan respublika qishloq xoʻjaligida samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va konsultativ xizmatlar koʻrsatish

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ITI

Shartnoma asosida

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar agroxizmatlar markazi

Institut laboratoriya rahbarlari

Fermerlar, agroklaster rahbarlari, tomorqa egalarini xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalaridan foydalanish boʻyicha qayta tayyorlash va oʻqitish

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ITI

Shartnoma asosida

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar agroxizmatlar markazi

Institut laboratoriya rahbarlari

Fermerlar, agroklaster rahbarlari, tomorqa egalariga xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalaridan samarali foydalanishga doir dala seminarlarini tashkil etish

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ITI

Shartnoma asosida

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar agroxizmatlar markazi

Institut laboratoriya rahbarlari

Qishloq xoʻjaligi klasterlari, fermer xoʻjalik yer maydonlariga mavjud qishloq xoʻjalik texnikalari bilan agrotexnik xizmatlar koʻrsatish

Janubiy Dehqonchilik ITI

Shartnoma asosida

Fevral-dekabr

Qashqadaryo viloyati agroxizmatlar markazi

Direktorning ishlab chiqarish va marketing ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi

Gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoiti, sizot suvlari sathi, gidromodul hududlardan kelib chiqib, gʻoʻzani sugʻorish usullari, soni, muddatlari, meʼyorlari, davomiyligi, sugʻorishlar oraligʻi va texnikasi, tunda sugʻorishlar oʻtkazishning ahamiyati, sugʻorishda zamonaviy asboblardan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

Toʻlov asosida

Iyun

Viloyat va Qoraqalpogʻiston agroxizmatlar markazi

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari