Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlashtirish va sinovdan oʻtkazish davlat markazi

Tashkilot nima qiladi?

 

1) Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish sohasida yangi standartlar, uslubiy hujjatlar va tartiblarni ishlab chiqish va texnik jihatdan tartibga solishda normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi.

 

2) Xorijiy va mahalliy qishloq xo‘jaligi meliorativ texnikasi tavsiflarining xalqaro standartlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish va sinov jarayonlarini o‘tkazadi.

 

3) O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarning yagona davlat reyestrini yuritadi.

 

4) Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlashtirish va sinovdan oʻtkazish, shuningdek, ilmiy faoliyatning davlat dasturlari doirasida ilmiy tadqiqotlar va sinovlar oʻtkazish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.