Dehqonlarga laboratoriya yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Dehqonlar laboratoriya yoʻnalishi boʻyicha quyidagi roʻyxatdagi xizmat turlaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun Ilmiy-tadqiqot institutlari va AKIS oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xizmatlardan foydalanish uchun xizmat turini quyidagi roʻyxatdan tanlab, unga masʼul vakillarga murojaat qilish kerak boʻladi.

 

 

 

 

Masʼullar

Xizmatlar

Xizmat koʻrsatuvchi

Xizmat turi narxi

Muddati

Agroxizmatlar nomidan

Institut nomidan

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining tabiatning abiotik omillari issiqlik, qurgʻoqchilikka chidamliligini laboratoriya aniqlash

Janubiy Dehqonchilik ITI

Shartnoma asosida

Fevral -sentabr

Viloyatlar va Qoraqolpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi

Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi mudiri

Qishloq xoʻjaligi ekinlarning don tarkibidagi sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va baholash

Janubiy Dehqonchilik ITI

Shartnoma asosida

Fevral -sentabr

Viloyatlar va Qoraqolpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi

Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi mudiri

Suv va tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining miqdorini aniqlash hamda tavsiyalar berish

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat agroxizmatlar markazlari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo laboratoriyasi mudiri

Tuproq tarkibidagi gumus, umumiy azot, fosfor, kaliy hamda nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari va tuproq muhitini (pH) aniqlash orqali tuproqning oziqa moddalari (NPK) bilan taʼminlanish darajasini aniqlash

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

Toʻlov asosida

Fevral

Viloyat va Qoraqalpogʻiston agroxizmatlar markazi

Agrokimyo va yalpi tahlillar laboratoriyasi

Gʻoʻzani urugʻlik chigitining sifat koʻrsatkichlarini aniqlab berish

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

Toʻlov asosida

Mart-aprel

Viloyat va Qoraqalpogʻiston agroxizmatlar markazi

Urugʻchilik va urugʻshunoslik laboratoriyasi

Fitosanitar dala nazoratida aniqlangan zararli organizmlarga qarshi kurash usullari toʻgʻrisida dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun tavsiyalar berish

Don va dukkakli ekinlar ITI

Bepul

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar agroxizmatlar markazi

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri, Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasallik  va hashoratlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

Mevali bogʻ va uzumzorlarda uchraydigan zararli organizmlar tur tarkibini aniqlash va ularga kurash choralari boʻyicha tavsiyalar berish

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Shartnoma asosida

mart-avgust (mavsum davomida)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat agroxizmatlar markazlari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin laboratoriyasi mudiri

Meva va uzum tarkibidagi umumiy moddalar (qand miqdori, quruq moddalar, vitaminlar va boshq.), zararli toksin va pestitsidlar qoldiq miqdori hamda ferment va aminokislotalarni aniqlash

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat agroxizmatlar markazlari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo laboratoriyasi mudiri

Meva va uzum oʻsimliklarini hamda zararli organizmlar (zararkunandalar, zamburugʻlar, viruslar, bakteriyalar)ni DNK tahlilidan oʻtkazish va tavsiyalar berish

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat agroxizmatlar markazlari

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo laboratoriyasi mudiri

Sabzavot, poliz ekinlari mevasi tarkibini laboratoriya sharoitida taxlil qilish

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI

Shartnoma asosida

yil davomida

Xorazm, Surxondaryo,  Jizzax, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyati agroxizmatlar markazi

Agrokimyo va usimliklar fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri