Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Institut 1920-yilda Tuproqshunoslik va geobotanika instituti nomi bilan Turkiston davlat universiteti huzurida tashkil etilgan. 1932-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik Markaziy stansiyasi sifatida qayta tashkil qilingan. 1972-yildan Institutda agrokimyo yoʻnalishi tashkil qilinib, Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti nomi bilan yuritilgan.

 

Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yildagi PQ-277-sonli qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Bobomurodov Shuhrat Mehribonovich

 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasi, 3

 

Telefon: (+99871) 246-09-50

 

Faks: (+99871) 246-76-00

 

Elektron pochta: tuproqshunoslik@umail.uz

 

Sayt: https://www.soil.uz/ru/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Agroklaster va fermer xoʻjaliklari sugʻoriladigan tuproqlarining unumdorlik darajasini (bonitet ballarini) aniqlash hamda gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan taʼminlanganlik kartogrammalari tuzilib, tuproq meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish hamda mineral va organik oʻgʻitlar qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Fevral-dekabr

Umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari; loyiha bosh muhandisi

2.

Sugʻoriladigan yerlarining oʻsimliklar oʻzlashtiradigan fosfor bilan taʼminlanganlik darajasini rivojlangan mamlakatlarda qoʻllanilayotgan yangi usulubda aniqlash va tegishli tavsiyalar berish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Mart-dekabr

Agrokimyo boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi

3.

Ekologik sof tuproq sharoiti hosil qilish va toza mahsulot olishga asoslangan organik dehqonchilik yuritish agrotexnologiyasini joriy qilish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Fevral-dekabr

Tuproqlar biogeokimyosi va minerologiyasi boʻlimi bosh ilmiy xodimi

4.

Sugʻoriladigan yer maydonlarining GAT yordamida tuproq holati xaritalari ishlab chiqish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Fevral-dekabr

Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika boʻlimi boshligʻi

5.

Tuproq klinikasi mobil laboratoriyasi yordamida tuproqdagi ozuqa moddalarini taʼminlanganlik darajasini aniqlash va ilmiy tavsiyalar berish

12 012 soʻm

Fevral-mart

Tuproqlar unumdorligini boshqarish va baholash boʻlimi boshligʻi

6.

Sugʻoriladigan tuproqlarining agrokimyoviy kartogrammasi tuzish hamda tuproqlarni mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ilmiy talabini ishlab chiqish asosida ilmiy tavsiyalar berish

50 059 soʻm

Mart-oktyabr

Tuproq genezisi, geografiyasi, kartografiyasi va monitoringi boʻlimi katta ilmiy xodimi

7.

Sugʻoriladigan yer maydonlari uchun gipslashganlik kartogrammalarini ishlab chiqish va gipsli tuproqlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar taqdim etish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Sentyabr

Tuproqlar fizikasi va texnologiiyasi boʻlimi boshligʻi

8.

Tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda gʻoʻzaning oʻsishi, rivojlanishi, hosil sifatini hamda tuproq unumdorligini taʼminlovchi va global iqlim sharoitiga mos maqbul NPK nisbatlarini va avtomatlashtirilgan geofazoviy-smart oʻgʻitlash tizimini ishlab chiqarishga joriy qilish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Fevral-syentyabr

Agrokimyo boʻlimi boshligʻi

9.

Tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda gʻoʻzaning oʻsishi, rivojlanishi, hosil sifatini hamda tuproq unumdorligini taʼminlovchi va global iqlim sharoitiga mos maqbul NPK nisbatlarini va avtomatlashtirilgan geofazoviy-smart oʻgʻitlash tizimini ishlab chiqarishga joriy qilish

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan

Fevral-syentyabr

Agrokimyo boʻlimi boshligʻi