Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Institut 1933-yil Respublika sabzavot stansiyasi negizida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

 

Institut tarkibida Toshkent tajriba uchastkasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ilmiy-tajriba stansiyalari mavjud. Shuningdek, institutda Sabzavot-poliz ekinlari seleksiyasi, Sabzavot va poliz ekinlari urugʻchiligi, Kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligi, Agrokimyo va mahsulot sifati, Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari agrotexnologiyasi, Issiqxona sabzavotchiligi, Oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish laboratoriyalari bor.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Nizomov Rustam Axrolovich

 

Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Koʻksaroy a/b

 

Telefon: (+998 71) 226-85-03

 

Faks: (+998 71) 226-85-03

 

Elektron pochta: sabpkiti@iim.uz

 

Sayt: https://sabzavot-ilm.uz/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy navlarini targʻib qilish, tanishtirish

Bepul

Yil davomida

Sabzavot-poliz ekinlari urugchiligi va urugshunosligi laboratoriyasi mudiri

2.

Sabzavot, poliz va kartoshka navlarini yetishtirish yangi resurs tejovchi agrotexnologiyalar bilan tanishtirish, qoʻllash  boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Yil davomida

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari agrotexnologiyasi va mexanizatsiyasi laboratoriyasi mudiri

3.

Noanʼanaviy sabzavot ekinlarni yangi turlarini yetishtirish texnologiyasini targʻib qilish

Bepul

Yil davomida

Noanʼanaviy ekinlar seleksiyasi va introduksiyasi laboratoriyasi mudiri

4.

Issiqxona sharoitida sazavot va poliz ekinlari yetishtirishning zamonaviy, intensiv agrotexnologiyalari bilan tanishtirish, targʻib qiqlish, tavsiyalar berish

Bepul

Yil davomida

Issiqxona agrotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri

5.

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlaridan organik, ekologik toza mahsulot yetish boʻyicha tavsiyalar berish, texnologiyani qoʻllashni oʻrgatish

Bepul

Yil davomida

Organik dexqonchilik laboratoriyasi mudiri

6.

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini turli  kasallik va zararkundalardan himoya qilish boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Yil davomida

Oʻsimliklarni kasallik, zararkunandalardan  himoya qilish va fitopatologiya  laboratoriyasi mudiri

7.

Urugʻchilikni rivojlantirish Markazi tizimidagi Elita urugʻchilik xoʻjaliklariga  sabzavot va poliz ekinlarining  mahalliy navlarining yuqori avlodli urugʻlarini yetkazib berish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Sabzavot-poliz ekinlari urugʻchiligi va urugʻshunosligi laboratoriyasi mudiri; Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo,  Qashqadaryo, Xorazm ilmiy tajriba stansiyalari rahbarlari

8.

In vitro usulida koʻpaytirilgan kartoshka mini-tuganaklari, pomidor payvandtaglari, gul va uzum koʻchatlarini yetkazib berish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Biotexnologiya laboratoriyasi mudiri

9.

Sabzavot, poliz ekinlari mevasi tarkibini laboratoriya sharoitida taxlil qilish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Agrokimyo va usimliklar fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri

10.

Suv va tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining miqdorini aniqlash hamda tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Agrokimyo va usimliklar fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri