Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

1928-yilda Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tamal toshi qoʻyilgan. Institutda 1958-yildan boshlab 15 laboratoriya va sektorlarda olimlar ilmiy ishlarni olib borgan.

 

Muassasaning 4210000 kv.m. tajriba maydoni, shuningdek,  laboratoriyasi va biolaboratoriyasi bor.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Turdishev Bekmurat Xojamuratovich

 

Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani, Jombos-yop qoʻrgʻoni, Xoja Ahmedov koʻchasi, 1

 

Telefon: (+99861) 444-42-11

 

Faks: (+99861) 444-01-19

 

Elektron pochta: qqditi@iim.uz; qqditi@exat.uz

 

Sayt: www.qdiii.uz

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Gʻalla tarbiyasiga bahor oyida oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlar boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Fyevral-mart

Qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnologiyasi va tuproq unumdorligi laborotoriyasi mudiri

2.

Klaster va fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarida bahorgi  bugʻdoy ekish” mavzusida ilmiy-amaliy oʻquv seminari oʻtkazish

Bepul

Mart

Dukkakli don ekinlari seleksiyasi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri

3.

“PGS-2,4 gerbitsid sepish moslamasidan foydalanish” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil qilish

Bepul

Mart-aprel

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish laboratoriyasi mudiri

4.

Gʻalla xosilining asosiy kushandasi boʻlgan zararli xasva, shilimshiq qurt, bugʻdoy tripisi va boshqa dala atrofida begona oʻtlar oʻsimlik qoldiqlari, xas-choʻp atrofida qishlab chiqqan zararkunandalarga karshi tadbirlarni bajarish boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish va fermer xoʻjaliklariga taqdim qilish

Bepul

Aprel

Oʻsimliklarni zararkunandalardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

5.

Qoraqalpogʻiston sharoitida gʻoʻza urugʻini sifatli ekish boʻyicha ilmiy-amaliy oʻquv seminari oʻtkazish. 

Bepul

Aprel-may

Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri

6.

“Bahorgi bugʻdoyning rivojlanish davrlarida oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy oʻquv seminari oʻtkazish

Bepul

Aprel-iyun

Dukkakli don ekinlari seleksiyasi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri