Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti

Institut 1931-yilda Oʻrta Osiyo paxtachilikni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish stansiyasi nomi ostida tashkil etilgan. 1954-yili Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadkiqot instituti nomini olgan. Uning asosiy yoʻnalishi – qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashdagi muhim muammolarni hal etish va shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish.

 

Institut tarkibiga 10 ta ilmiy laboratoriya, yettita boʻlim, respublikaning olti mintaqasida agromeliorativ texnologik park, shuningdek, 250 bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik fermasi va tajriba uchastkasi kiradi.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Azizov Shuhrat Shodiyevich

 

Manzil:  Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Gulbahor shaharchasi, Samarqand koʻchasi, 41

 

Telefon: (+99870) 601-07-04

 

Faks: (+99870) 601-07-04

 

Elektron pochta: qabulxona@uzmei.uz

 

Sayt: https://www.uzmei.uz/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Fermer xoʻjaliklari, agroklasterlar, tomorqa egalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarni yetishtirishda mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Hududiy innovatsion texnoparklar

2.

Xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalarining yangi zamonaviy turlaridan respublika qishloq xoʻjaligida samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va konsultativ xizmatlar koʻrsatish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Institut laboratoriyalari rahbarlari

3.

Fermerlar, agroklaster rahbarlari, tomorqa egalarini xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalaridan foydalanish boʻyicha qayta tayyorlash va oʻqitish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Institut laboratoriyalari rahbarlari

4.

Fermerlar, agroklaster rahbarlari, tomorqa egalariga xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalaridan samarali foydalanishga doir dala seminarlarini tashkil etish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Institut laboratoriyalari rahbarlari

5.

Yerlarni tekislash, asosiy ishlov berish mashinalaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar

Bepul

Fevral-aprel

Tuproqqa ishlov berish va ekishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari

 

6.

Shoʻrlangan yerlarni ekishga tayyorlash mashinalaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar berish

Bepul

Fevral-aprel

Tuproqqa ishlov berish va ekishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari

7.

Urugʻ ekish mashinalaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar

Bepul

Mart-aprel

Ekinlarni parvarishlash va himoya qilishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari

8.

Ekinlarni parvarishlash mashinalaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar

Bepul

Aprel-avgust

Ekinlarni parvarishlash va himoya qilishni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari

9.

Gʻoʻzalarni paxta terish mashinalariga moslashtirib parvarishlashdagi mexanizatsiyalashgan tadbirlarni samarali oʻtkazishga doir tavsiyalar

Bepul

Aprel-avgust

Institut laboratoriyalari rahbarlari

10.

Paxta hosilini mashinalar yordamida nest-nobud qilmasdan yigʻishtirib olishga doir tavsiyalar

Bepul

Iyul-sentyabr

Ekinlar hosilini yigʻishtirish mashinalari laboratoriyasi rahbari

11.

Gʻalla hosilini mashinalar yordamida nest-nobud qilmasdan yigʻishtirib olishga doir tavsiyalar

Bepul

Aprel-iyun

Ekinlar hosilini yigʻishtirish mashinalari laboratoriyasi rahbari

12.

Meva bogʻlarni parvarishlashdagi mexanizatsiyalashgan tadbirlarga doir tavsiyalar

Bepul

Mart-iyul

Bogʻdorchilik va sabzavotchilikni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari

13.

Ozuqa yetishtirish mashinalaridan unumli foydalanishga doir tavsiyalar

Bepul

Aprel-avgust

Chorvachilikni mexanizatsiyalash laboratoriyasi rahbari