Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

1922-yilda “Yalangʻoch” qishlogʻida hukumat qaroriga binoan seleksiya stansiyasi tashkil etilgan. Uning negizida 1929-yili Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti nomi bilan tashkil etilgan.

 

2014-yilda Oʻzbekiston Prezidentning PQ-2125 qaroriga binoan Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksisi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika qishloq xoʻjalik ekinlari birlamchi urugʻchilik va urugʻshunoslik stansiyasi birlashtirilib, ularning negizida Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Ravshanov Aʼzam Erkinovich

 

Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar qoʻrgʻoni, Universitet koʻchasi, 1

 

Telefon: (+99878) 150-61-37

 

Faks: (+99878) 150-61-37

 

Elektron pochta: paxta.uz@mail.ru

 

Sayt: http://psuyaiti.uz/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Tuproq tarkibidagi gumus, umumiy azot, fosfor, kaliy hamda nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari va tuproq muhitini (pH) aniqlash orqali tuproqning ozuqa moddalari (NPK) bilan taʼminlanish darajasini aniqlash

Shartnmoa asosida

Fevral

Agrokimyo va yalpi tahlillar laboratoriyasi

2.

Tuproqning shoʻrlanish darajalari, shoʻr yuvish jarayoni, usullari va meʼyorlari, tuproq tarkibidagi zararli tuzlarning gʻoʻza oʻsimligiga taʼsiri, ikkilamchi shoʻrlanish, shoʻrlangan yerlarda agromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Bepul

Fevral

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

3.

Gʻoʻzani urugʻlik chigitining sifat koʻrsatkichlarini aniqlab berish

Shartnoma asosida

Mart-aprel

Urugʻchilik va urugʻshunoslik laboratoriyasi

4.

Klaster va fermer xoʻjaliklari talabidan kelib chiqib, global iqlim oʻzgarishi sharoitida garmselga, yuqori haroratga bardoshli navlarni tanlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash (dala tajribalari asosida)

Shartnoma asosida

Vegetatsiya davri davomida

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

5.

Erta bahorda ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, begona oʻt bilan zararlangan maydonlarni chizellash, boronalash, joriy tekislash va chigitni ekishga tayyorlash, chigit ekish meʼyor va muddatlari boʻyicha ilmiy tavsiyalar berish uchun seminarlar oʻtkazish

Bepul

Mart-aprel

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

6.

Urugʻlik chigitni ekishdan oldin urugʻdorilagichlar bilan dorilash, bir tekis nihol undirib olish uchun stimulyatorlar bilan ishlov berish va oʻsimlikning jadal oʻsishi va rivojlanishini taʼminlash maqsadida vegetatsiya davomida oʻsishni sozlovchi moddalar bilan barg orqali oziqlantirish boʻyicha tavsiyalar berish

Toʻlov asosida

Vegetatsiya davri davomida

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

7.

Paxtachilikka ixtisoslashgan tumanlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda gʻoʻza navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish agrotexnologiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar tayyorlash va nashr etish

Toʻlov asosida

Aprel

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

8.

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berish ahamiyati, qator oralariga ishlov berish muddatlari, chuqurligi, kultivatsiya oʻtkazishda ishchi organlar soni va ularni rostlash, begona oʻt bosgan maydonlarda kompleks ishlov berish, chuqur yumshatishni sifatli amalga oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Bepul

May-iyun

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

9.

Dalalarning tuproq sharoiti, unumdorlik darajasi va gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, maqbul koʻchat qalinligini taʼminlash uchun nihollarni sifatli yaganalash muddatlari, chilpishning ahamiyati, turlari, oʻtkazishning maqbul muddat va meʼyorlari boʻyicha seminarlar oʻtkazish va nazoratga olish

Bepul

May-avgust

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

10.

Tuproqning ozuqa moddalari (NPK) bilan taʼminlanish darajasiga bogʻliq holda oʻsimliklarning ozuqaga boʻlgan biologik talabidan kelib chiqib, gʻoʻzada mineral va organik oʻgʻitlarni qoʻllash meʼyor va muddatlari hamda mineral oʻgʻitlar va mikroelementlardan tayyorlangan suspenziyalar bilan barg orqali oziqlantirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Shartnoma asosida

Iyun

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

11.

Suv tanqisligi sharoitida gʻoʻzani parvarishlashda zamonaviy suv va resurs tejovchi sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish, tomchilatib sugʻorish texnologiyasining ahamiyati, afzalliklari va gʻoʻza dalalarida qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish va joriy etishni targʻib qilish

Shartnoma asosida

Iyun, iyul, avgust

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

12.

Gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoiti, sizot suvlari sathi, gidromodul hududlardan kelib chiqib, gʻoʻzani sugʻorish usullari, soni, muddatlari, meʼyorlari, davomiyligi, sugʻorishlar oraligʻi va texnikasi, tunda sugʻorishlar oʻtkazishning ahamiyati, sugʻorishda zamonaviy asboblardan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Shartnoma asosida

Iyun

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

13.

Rayonlashgan, istiqbolli va yangi gʻoʻza navlari urugʻlik maydonlarida  navga xos boʻlmagan oʻsimliklardan tozalash va aprobatsiya koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berish, mualliflik nazoratini olib borish

Shartnoma asosida

Avgust

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

14.

Gʻoʻza defoliatsiyasi va desikatsiyasining mohiyati, yumshoq (tizimli) va yarim yumshoq defoliantlarni qoʻllash meʼyor va muddatlari, oʻsimlikka taʼsir etish mexanizmi, bargda kechadigan biologik va fiziologik jarayonlar, defoliatsiya samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar (nav xususiyatlari, koʻchat qalinligi, tuproq namligi, havo harorati, shamol tezligi, koʻsaklarning ochilish darajasi) boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Sentyabr

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

15.

Paxta hosilini terim mashinalarida yigʻishtirib olishda dalalarni tayyorlash, terimni tashkil etish qoidalari va texnologiyasi, texnik va urugʻlik maydonlarida paxtani terib olish va saqlash boʻyicha seminarlar oʻtkazish

Shartnoma asosida

Sentyabr-oktyabr

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari