Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

1924-yilda akademik N.I. Vavilov boshchiligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya boʻlimi tashkil etilgan boʻlib, 1927-yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo stansiyasiga aylantirilgan. 1979-yilda N.I. Vavilov nomidagi Butunittifoq oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo filialiga aylantirilgan.

 

1992-yilda institutga Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti nomi berildi. 2020-yildan institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyati institut nomiga mos kelmasligi tufayli uning nomi Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga oʻzgartirildi.

 

Institutda ikkita ilmiy-tajriba stansiyasi, Milliy genbank, sakkizta  boʻlim va bitta laboratoriya mavjud.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Aliqulov Safar Mengliqulovich

 

Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Botanika qishlogʻi

 

Telefon: (+99871) 480-79-05

 

Elektron pochta: safaruzripi@mail.ru

 

Sayt: uzripi.uz

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Institut va Milliy Genbank faoliyati bilan tashrifchilarni (ilmiy xodim, oliy va oʻrta oʻquv yurt talabalari, maktab oʻquvchilari, fermerlar va x.k.) tanishtirish

Bepul

Yil davomida

Maʼmuriyat,
Milliy Genbank

2.

Madaniy oʻsimliklar va ularning yovvoyi ajdodlari genetik resurslarining halq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligidagi axamiyati boʻyicha seminar, uchrashuv va davra suxbatlarini oʻtkazish

Bepul

Yil davomida

Maʼmuriyat, Milliy Genbank, institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

3.

Oliy oʻquv yurtlari bilan xamkorlikda bakalavr va magistr talabalariga yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish

Bepul

Yil davomida

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

4.

Institutda yaratilgan ilmiy ishlanmalarni yarmarka, koʻrgazmalar orqali targʻibot qilish va joriy qilish

Bepul

Yil davomida

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

5.

Koʻrgazmali tajriba dalalarida fermerlar uchun “Dala kunlari”ni tashkil etish

Bepul

May-sentyabr

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari

6.

Yangi intensiv tipdagi mosh navlarini yetishtirish texnologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy maslaxatlar berish, yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Dala ekinlari genetik resurslari boʻlimi

7.

Istiqbolli soya navlarini yetishtirish texnologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy maslaxatlar berish, yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Dala ekinlari genetik resurslari boʻlimi

8.

Rayonlashgan va istiqbolli gʻalla ekinlari navlarini yetishtirish texnologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy maslahatlar berish, yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Dala ekinlari genetik resurslari boʻlimi, Andijon va Moyli va tolali ekinlar ilmiy tadqiqot stansiyasi

9.

Urugʻ mevali ekinlar ekinlarga shakl berish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy maslaxatlar berish

Bepul

Fevral-aprel, oktyabr-dekabr

Mevali ekinlar va uzum genetik resurslari boʻlimi

10.

Danak mevali ekinlar ekinlarga shakl berish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy maslaxatlar berish

Bepul

Fevral-aprel, oktyabr-dekabr

Mevali ekinlar va uzum genetik resurslari boʻlimi

11.

Uzumni kesish, xomtok qilish va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy maslaxatlar berish

Bepul

Fevral-may, sentyabr-dekabr

Mevali ekinlar va uzum genetik resurslari boʻlimi

12.

Mevali ekinlar kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini oʻtkazib berish

Shartnoma asosida

Yil davomida

Institutning Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi

13.

Qishloq xoʻjalik ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

Aprel-sentyabr

Institut boʻlimlari va ilmiy tajriba stansiyalari