Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini 1913-yilda boshlagan. Unda dastlab lalmi yerlarda, keyinchalik sugʻoriladigan yerlarda boshoqli, dukkakli don va boshqa ekinlar seleksiya-urugʻchiligi va agrotexnikasi oʻrganilib, gʻallachilik ilmiga poydevor qoʻyilgan.

 

108 yillik ilmiy faoliyat davomida institutda 20 ga yaqin qishloq xoʻjalik ekinlarining 246 ta serhosil navlari yaratildi.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Manzil: Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani, “Olimlar” mahallasi, M. Amanov koʻchasi, 1

 

Telefon: (+99872) 432-15-33

 

Elektron pochta: uzniizerno@yahoo.com

 

Sayt: http://ddeiti-gallaorolits.uz/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Boshoqli don ekinlari navlarini yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Yumshoq bugʻdoy genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri

2.

Dukkakli don ekinlari navlarini yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Dukkakli don ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri

3.

Moyli va yem-xashak ekinlari navlarini yuqori avlodli urugʻlarini targʻib qilish

Bepul

Fevral-aprel

Moyli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri

4.

Sugʻoriladigan va lalmikor maydonlarda ekinlari yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish maqsadida yomgʻirlati sugʻorishni afzalliklarini targʻib qilish

Bepul

Mart-aprel

Agrotexnologiya, ekologiya va atrof muhit muhofazasi laboratoriyasi mudiri

5.

Boshoqli don ekilgan maydonlardagi kasalliklar, zararkunanda va begona oʻtlarga qarshi kurashda yangi samarali vositalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Mart-aprel

Oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi va fizologiyasi laboratoriyasi mudiri