Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2008-yilda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzurida “Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti” nomi ostida tashkil etilgan. 2014-yilda muassasa Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialiga aylantirilgan. 2021-yilda uning negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Omonov Oybek Anvarovich

 

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Beshkent yoʻli, 3-km

 

Telefon: (+99875) 228-00-07

 

Elektron pochta: urugchilik1@mail.ru

 

Sayt: https://www.agro.uz/janubiy-dehqonchilik-ilmiy-tadqiqot-instituti/#1626010380378-48f15818-c890

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Qishloq xoʻjaligi klasterlari, fermer xoʻjalik rahbarlari va tegishli mataxasislariga  qishloq xoʻjaligi ekinlarida uchradigan kasalliklar, zararkunandalarning rivojlanishi va hosildorlikka taʼsiri va ularga qarshi kurash choralari boʻyicha, asosiy va takroriy ekinlarni yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash samaradorligi oʻquv smenarlari tashkil etish

Bepul

Fevral-iyul

Laboratoriya mudirlari va ilmiy xodimlar

2.

“Qishloq xoʻjaligi ekinlarining genetik resurslaridan unumli foydalanish hamda zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari” mavzusida xalqaro va mahalliy konferensiyalar tashkil etish

Bepul

Aprel-may

Ilmiy va innovatsion ishlanmalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; ilmiy kotib; laboratoriya mudirlari va ilmiy xodimlar

3.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining original urugʻlarini yetishtirish va klaster, fermer xoʻjaliklariga yetkazib berish

Shartnoma asosida

Iyun-avgust

Laboratoriya mudirlari

4.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining tabiatning abiotik omillari issiqlik, qurgʻoqchilikka chidamliligini laboratoriya aniqlash

Shartnoma asosida

Fevral-sentyabr

Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi

 mudiri

5.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarning don tarkibidagi sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va baholash

Shartnoma asosida

Fevral-sentyabr

Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi

 mudiri

6.

Respublimikamizda ekin maydonlarining tuproq tarkibini oʻrganish va ular asosida kartogrammalashtirish mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish buyicha tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

Fevral-oktyabr

Organo-mineral oʻgʻitlar va agrokimyoviy yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri

7.

Qishloq xoʻjalik ekinlari maydonlarida uchraydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladigan kimyo preparatlarni va biostumlatorlarning sinovdan oʻtkazish

Shartnoma asosida

Fevral-avgust

Oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi mudiri

8.

Qishloq xoʻjaligi klasterlari, fermer xoʻjalik yer maydonlariga mavjud qishloq xoʻjalik texnikalari bilan agrotexnik xizmatlar koʻrsatish

Shartnoma asosida

Fevral-dekabr

Direktorning ishlab chiqarish va marketing ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi

9.

Qishloq xoʻjaligi klasterlari, fermer xoʻjalik yetishtirgan ekinlar urugʻlarining zamonaviy tozalash uskunalari (Petkus) yordamida davlat andozalari talablariga mos urugʻlarni saralash va sara urugʻ tayorlab berish

Shartnoma asosida

Iyun-avgust

Direktorning ishlab chiqarish va marketing ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi

10.

Oliy taʼlim universitet, institutlari bilan xamkorlikda bakalavr va magistr talabalariga yunalishlar boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish

Bepul

 

Yanvar-dekabr

Ilmiy va innovatsion ishlanmalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; ilmiy kotib; laboratoriya mudirlari va ilmiy xodimlar