Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

Bu institut Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti nomi bilan 1997-yilda tashkil etilgan. 2014-yilda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etilgan.

 

Institutning respublikaning turli xil tuproq iqlim sharoitlarida Qashqadaryo viloyati filiali hamda 12 ta mintaqaviy ilmiy-tajriba stansiyalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich

 

Manzil: Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor shahri, Andijon koʻchasi, 36

 

Telefon: (+99874) 373-11-30

 

Faks: (+99874) 373-12-05

 

Elektron pochta: ddeiti-19@mail.ru

 

Sayt: www.ddeiti.uz

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Agroklaster, fermer xoʻjaliklari, elita urugʻchilik MCHJ larni  yuqori avlodli original urugʻ bilan taʼminlash

Shartnoma asosida

 

Avgust- sentyabr

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Boshoqli don ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri; Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri

2.

Respublika viloyatlarida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari uchun boshoqli va dukkakli don ekinlarini yetishtirishda turli xizmatlar (yer tayyorlash, ekish, kimyoviy va biologik qarshi kurash, xosilni yigʻishtirish va x.k.) koʻrsatish

Shartnoma asosida

 

Mavsum davomida

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasallik  va hashoratlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

3.

Dukkakli ekinlar yetishtiruvchi agroklaster, fermer xoʻjaliklari uchun dukkakli don ekinlarini yetishtirish boʻyicha tavsiyalar berish

Bepul

Mart-aprel

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasallik  va hashoratlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

4.

Hududlarning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekin turlari boʻyicha navlarni joylashtirishda dehqonchilik yuritishning ilmiy asoslari boʻyicha tushunchalar berish

Bepul

Mavsum davomida

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasallik  va hashoratlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

5.

Qishlok xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini oʻsimliklar himoyasini kimyoviy va biologik vositalari, stimulyatorlarni qoʻllash muddatlari va meʼyorlari toʻgʻrisida xizmat koʻrsatish

Bepul

Mart-iyun

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi mudiri; Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasallik  va hashoratlardan himoya qilish laboratoriyasi mudiri

6.

Fitosanitar dala nazoratida aniqlangan zararli organizmlarga qarshi kurash usullari toʻgʻrisida dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun tavsiyalar berish

Bepul

Mavsum davomida

Tuproq genezisi, geografiyasi, kartografiyasi va monitoringi boʻlimi katta ilmiy xodimi