Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Bu institut 1898-yilda Turkiston qishloq xoʻjalik tajriba stansiyasi nomi bilan tashkil etilib, Oʻzbekiston Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2125-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

 

Respublikaning 16 hududida filiallari, ilmiy tajriba stansiya va uchastkalari bor.

 

Aloqa uchun maʼlumotlar:

 

Direktor: Abdugʻaniyev Ulugʻbek Burxoniddin oʻgʻli

 

Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Guliston QFY, Chimkent yoʻli

 

Telefon: (+99871) 220-24-42

 

Faks: (+99871) 220-26-48

 

Elektron pochta: meva-uzum@exat.uz

 

Sayt: https://www.agro.uz/akademik-mahmud-mirzayev-nomidagi-bog-dorchilik-uzumchilik-va-vinochilik-ilmiy-tadqiqot-instituti/

 

Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati

Xizmat turi

Xizmat turining narxi

Muddati

Masʼullar

1.

Mahalliy meva va uzum hamda manzarali ekinlar koʻchatlarini yetkazib berish

Shartnoma asosida

Mavsum davomida

Iqtisodiyot va ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari; Qoraqalpogʻiston, Andijon, Bandixon, Buxoro, Boʻstonliq togʻ, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Charxin va Xorazm ilmiy-tajriba stansiyalari rahbarlari

2.

In vitro sharoitida koʻpaytirilgan payvandtaglar, meva va uzum koʻchatlarini yetkazib berish

Shartnoma asosida

Mavsum davomida

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Namangan va Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyalari rahbarlari

3.

Mevali bogʻ va uzumzorlar barpo etish boʻyicha ilmiy asoslangan agrotexnik (ekin joylashtirish, nav tanlash, yer tayyorlash, ekish, shakl berish, oziqlantirish, sugʻorish) tavsiyalar berish va xizmat koʻrsatish

Shartnoma asosida

Mavsum davomida

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Qoraqalpogʻiston, Andijon, Bandixon, Buxoro, Boʻstonliq togʻ, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Charxin va Xorazm ilmiy-tajriba stansiyalari rahbarlari

4.

Suv va tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining miqdorini aniqlash hamda tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo laboratoriyasi mudiri

5.

Mevali bogʻ va uzuzorlarda uchraydigan zararli organizmlar tur tarkibini aniqlash va ularga kurash choralari boʻyicha tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

mart-avgust (mavsum davomida)

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin laboratoriyasi mudiri

6.

Meva va uzum tarkibidagi umumiy moddalar (qand miqdori, quruq moddalar, vitaminlar va boshqalar), zararli toksin va pestitsidlar qoldiq miqdori hamda ferment va aminokislotalarni aniqlash

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo laboratoriyasi mudiri

7.

Meva va uzum oʻsimliklarini hamda zararli organizmlarni (zararkunandalar, zamburugʻlar, viruslar, bakteriyalar) DNK tahlilidan oʻtkazish va tavsiyalar berish

Shartnoma asosida

Doimiy ravishda

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari; Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin laboratoriyasi mudiri