OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQIRISHDA TО‘QSONBOSTI USULIDA SABZAVOT EKINLARINI YETISHTIRISHNING О‘RNI VA AFZALLIKLARI

Mamlakatimiz aholisini ertaki sabzavot mahsulotlariga bо‘lgan talabini tо‘liq qondirish maqsadida, sovuqqa chidamli ekinlardan – sabzi, piyoz, osh lavlagi, kо‘katlar (kashnich, petrushka, seldrey, salat) ekinlarini tо‘qsonbosti muddatida ekib, yetishtirish muhim ahamiyatga ega.

Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir...Qishloq xо‘jaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda kо‘rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir..”

Ertaki mahsulot yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun hozirdan harakat qilish,  tо‘qsonbosti ekinlarini о‘z vaqtida ekib,  agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Buning uchun kuzda asosiy ekinlardan bо‘shagan maydonlarni sifatli shudgorlab, sovuqqa chidamli ekinlarni ekish zarur. Chunki erta bahorda yog‘ingarchilik hisobiga yerning yetilishi, ayniqsa, о‘tloqi yerlarda qiyin bо‘lib, ertagi ekinlarni ekish muddatlari chо‘zilib ketadi.

Shuningdek, tо‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot urug‘lari kо‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga hosil erta yetiladi.

Shu sababli, Qishloq xо‘jaligi vazirligi tomonidan yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, taxlillarga kо‘ra, hududiy hokimliklarning takliflariga asosan barcha toifa xо‘jaliklari tomonidan 2024 yil hosili uchun jami 529 ming ga (2022 yilga nisb. +323,1 ming ga kо‘p) shundan 386,5 ming ga (+316,5 ming ga) avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda 142,5 ming ga noyabr-dekabr oylarida tо‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish belgilandi.

Jumladan, fermer xо‘jaliklarida 75,8 ming ga, aholi tomorqalarida 186,8 ming ga hamda dehqon xо‘jaliklarida 266,4 ming ga maydonda ekiladi.

Shundan, 195,7 ming ga piyoz, 66,8 ming ga sarimsoqpiyoz, 71,4 ming ga sabzi, 17 ming ga osh lavlagi, 117,7 ming ga kо‘katlar, 17,3 ming ga rediska, 43,1 ming ga karam ekinlarini yetishtirish belgilab olindi.

Yuqoridagi tadbirlar asosida, 2024 yil fevral, mart, aprel oylarida jami 10,8 mln tn (2022 yilga nisbatan +5,8 mln tn kо‘p) ertaki qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga erishish kutilmoqda.

Shundan, 5,3 mln tonna piyoz, 665,5 ming tonna sarimsoqpiyoz, 1,6 mln tonna sabzi, 332,8 ming tonna osh lavlagi, 1,6 mln tonna kо‘katlar, 272,7 ming tonna rediska, 986 ming tn karam mahsulotlariga tо‘g‘ri keladi.

Ushbu yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarning 410 ming tonnasi (82,3 mln dollar) eksportga, 777 ming tonnasi shahar va tuman yarmarkalarga va 9,6 mln tonnasi ichki iste’molga yо‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, tо‘qsonbosti usulida ekin ekish orqali sovuqqa chidamli sabzavotlardan erta kо‘klamda arzon va mо‘l sabzavotlarni yetishtirish kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tanqis "ilig uzildi" paytida vitaminli mahsulotlar bilan ichki bozor ehtiyojini qoplaydi, eksport imkoniyatlarini kengaytirib dehqonlarni daromadli qiladi.

Tо‘qsonbosti usulining qator afzallik tomonlari bor. Xususan, yerlardan samarali foydalanish, mavsumda ikki va uch marta hosil olishga erishish hamda erta muddatlarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi.

Tо‘qsonbosti usulida sabzavotlar qish oldidan ekilganda, urug‘lar past haroratdagi namlikda qо‘pchib bо‘kadi, yarovizatsiya davrini tabiiy sharoitida qishlab о‘taydi, nimjon urug‘lar о‘lib ketadi, haqiqiy baquvvat urug‘lar erta bahorda past haroratda maysalaydi.

Yana bir jihat, bahorda ob-havo о‘zgaruvchan bо‘lib,  har doim ham ekish va urug‘larning unishi uchun qulay sharoit yaratilavermaydi.

Qish oldidan ekilgan ekinlar esa, ob-havoga qarab qulay unib chiqish davrini о‘zi aniqlaydi. Hatto, yerlarning loy sovuq bо‘lib qulay muddatning chо‘zilishi yoki qurg‘oqchil kelib tuproq namini qochishi ham bu ekinlarga ta’sir kо‘rsatmaydi.

Tо‘qsonbosti usulida ekilib mulchalangan sabzavot ekinlarining urug‘i qishki yog‘inlar ta’sirida asta-sekin bо‘rtib, erta kо‘klamda, havo haroratining past bо‘lishiga qaramay, urug‘lardan maysalar tez о‘sib chiqadi.

Natijada, ushbu maysalar bahorgi qisqa muddatli sovuqlarga bardoshli bо‘lishi bilan birga bahorda ekilganga nisbatan 10-15 kun erta pishadi va serhosil bо‘ladi.

Ayniqsa, bahor seryog‘in kelib, yerlar ishlov berishga yetilmay, ekish muddati chо‘zilib ketgan yillarida bu yanada ahamiyatli hisoblanadi. Har qanday holatda ham bahorda katta maydonlarga ekin ekish kerak bо‘lgan davrdagi eng qimmatli vaqtni tejaydi.

Piyoz urug‘i tо‘qsonbosti usulida respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr – 1 dekabr kunlarida mahalliy Bahoroy, Xamal, Istiqbol, Zafar va xorijiy Manas, Daytona, Leone, Banko navlarini ekish tavsiya kilinadi.

Piyoz urug‘i gektariga 18 kg gacha, yerning nishabligiga qarab qator oralarini 70-90 sm dan olib, 3-4 qatorli usulda yoki qо‘lda sochib ekiladi. Urug‘lar yerga 1,5-2 sm chuqurlikka kо‘miladi. Piyoz urug‘i sepilgandan sо‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi.

Bahorda piyozning bо‘yi 6-8 sm ga yetganda ya’ni ikkinchi marta bog‘lab chiqariladigan tovar holiga kelganda о‘toq va yagana qilinadi. Qator oralari 15-16 sm chuqurlikda ishlov beriladi.

Piyoz о‘simligi patak ildizli sabzavot bо‘lib, ildiz tizimi asosan tuproqning ustki qismida joylashadi. Shuning uchun, piyozning tuproqqa talabi yuqori bо‘lib,  yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni kо‘p bо‘lishini talab qiladi.

Piyoz havo namligi past bо‘lgan joylarda yaxshi о‘sadi, ammo tuproqning sernam bо‘lishini xohlaydi. Piyozning barg shapalog‘ini kichikligi va suvni tejab-tergab sarflashiga qaramasdan, uning ildizi yaxshi rivojlanmagan-ligidan tuproq namligiga talabchanligi nihoyatda katta.

Tо‘qsonbosti usulida ekilgan piyoz bahorda maysalari kо‘ringandan keyin sug‘oriladi. Birinchi suv odatda bahorgi yog‘in-sochin tо‘xtagandan keyin beriladi.

Bahor seryog‘in kelgan yillarda bu muddat aprelning ikkinchi yarmiga, yog‘ingarchilik kam bо‘lgan yillarda esa aprelning boshlariga, ayrim hollarda esa hatto, mart oyining oxiriga tо‘g‘ri keladi.

Piyozdan yuqori hosil olish uchun har gektar yerga yuqori unumdor maydonlarda sof holda 250 kg azot, 200 kg fosfor, 80 kg kaliy,о‘rtacha unumdor tuproqlarda 300 kg azot, 220 kg fosfor va 90 kg kaliy, past unumdor tuproqlarda 320 kg azot, 220 kg fosfor va 100 kg kaliy berilishi lozim.

Fosfor о‘g‘itni yillik miqdorini 70-75 foizini yerni ekishga tayyorlashda, qolgan qismi esa birinchi oziqlantirishda beriladi. Azot о‘g‘itini о‘suv davrida oziqlantirish paytida teng ikkiga bо‘lib beriladi.

Birinchi oziqlantirish piyoz yagana va о‘toq qilingandan sо‘ng, ikkinchisi esa piyozboshi shakllana boshlaganda beriladi.

Piyozning bir yillik ikki pallali begona о‘tlarga qarshi Oksifluorfen- 24%, Goal 2 YE em.k., 24%, Oksigard em.k. preparatlarini  0.5-1.0 l/ga meyorda begona о‘tlar 2-4 barg davrida purkaladi.

Bir yillik boshoqli va ikki pallali begona о‘tlarga Pendimetalin 33% Stomp em.k., 33% Fist em.k. preparatlar 2,3-4,5l/ga meyorda piyoz unib b chiqqunigacha purkaladi.

Bir yillik va kо‘p yillik boshoqli begona о‘tlarga Setoksidim 20% Nabu em.k. 3.5 l/ga, Bromoksinil oktanoat 28% Nougrin em.k.-1.5-2.0 l/ga, Galoksifop –R-metil 10.4%,  Galoksifop Super em.k., 10.4%,  Zellek ekstra em.k., 10.4% yoki Ramon super  em.k. – 1.0 l/ga meyorda begona о‘tlarning bо‘yi 10-15 sm bо‘lganda purkaladi.

Kasalliklardan soxta un shudring, ildiz chirish, bо‘g‘in chirish kasalligiga qarshi 1% li bordo suyuqligi (mis sulfati bо‘yicha 60-80 kg/ga), 10% em.k. Topazni 0,125- 0,150 l yoki Kurzat n.kuk. R 2,0-2,5 kg meyorda 600 litr suvga aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.

Piyoz pashshasi, tamaki tripsi va boshqa zararkunandalarga qarshi  gektariga DVA-tridan-10% em.k 0,4l, Talstardan-10% em.k 0,3-0,4 l, Konfidordan-20% em.k 0,25-0,3l hisobida sepiladi.

Sabzi urug‘ini tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr – 1 dekabr kunlari ekish tavsiya qilinadi.

 Ushbu usulda asosan ildizmevasi qizil rangli mahalliy Ziynatli, Farovon yoki xorijiy Shantane 2461, Kuroda Shantane, Nantskaya 4, Kanada va Karson kabi nav va duragaylarini ekish yuqori daromad olishni ta’mindaydi.

Urug‘ sarfi gektariga 5-6 kg ni tashkil etib, sabzi urug‘lari 1,5-2 sm chuqurlikka 52×8 va 62×8 sm sxemada ekiladi yoki qо‘lda sepiladi. Tо‘qsonbosti usulda sabzi urug‘i sepilgandan sо‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi.

Bahorda sabzi urug‘lari unib chiqishi bilan darhol begona о‘tlardan
2 marta о‘toq va yagana qilinadi. Dastlabki о‘tash sabzi bitta chinbarg chiqarganda, keyingisi esa 3-4 barg chiqarganda о‘tkaziladi.

Sabzining bir yillik begona о‘tlariga qarshi, ekishdan oldin gektariga Gezagard-50 yoki Prometrin preparatini 2-3 kg meyorda yoki begona о‘tlar urug‘i yerdan unib chiqqunigacha yoki begona о‘tlar 2-4 ta barg rivojlanish fazasida Fyuzilad Super 12,5% preparatini gektariga 1-2 kg hisobidan purkaladi.

Shuningdek, sabzi ikkinchi marta yagana qilinib, о‘tdan tozalangandan keyin qator oralari traktor kultivatorida yumshatiladi.

Sabzi yetishtirishda tuproqning tо‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan sug‘orishdan oldingi tuproq namligi 70-75% bо‘lishi kerak.

Urug‘ unib chiqishiga qishda va bahorda yoqqan yog‘ingarchilik miqdori yetarli hisoblanadi. Ayrim, ya’ni kо‘klamda yog‘ingarchilik kam kelgan yillardagina urug‘ning unib chiqishini tezlashtirish maqsadida urug‘ suvi beriladi.

Sabzining gektaridan 30 tonnagacha hosil olish uchun yuqori unumdor maydonlarda sof holda 175 kg azot, 130 kg fosfor, 80 kg kaliy, о‘rtacha unumdor tuproqlarda 220 kg azot, 160 kg fosfor va 100 kg kaliy, past unumdor tuproqlarda 250 kg azot, 200 kg fosfor va 120 kg kaliy berilishi lozim.

Fosfor о‘g‘itni yillik miqdorini 70-75% yerni asosiy ishlovida, qolgan qismi esa birinchi oziqlantirishda beriladi. Azot о‘g‘itini о‘suv davrida oziqlantirish paytida teng ikkiga bо‘lib beriladi. Birinchi oziqlantirish sabzi yagana va о‘toq qilingandan sо‘ng, ikkinchisi esa ildizmevasi shakllana boshlaganda beriladi.

Osh lavlagi urug‘lari tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr – 1 dekabr kunlarida, mahalliy Diyor va Yagona hamda xorijiy Bordo 237, Bikores, Boro F1, Detroyt va Pablo F1 duragaylarini ekish tavsiya etiladi.

Osh lavlagi tо‘qsonbosti usulida ekilganda urug‘ sarfi  16-18 kg ni tashkil qilib, ekishda egatlari 60-70 sm bо‘lib, 2-3 qatorli, о‘simlik oralari 8-10 sm va 2-3 sm urug‘lar chuqurlikka ekiladi.

Osh lavlagi urug‘i ekilgandan sо‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi.

Osh lavlagidan yuqori va sifatli ildizmevalar olish uchun kuzda yerni shudgorlashda 320 kg ammofos, 180 kg kaliy xlor о‘g‘iti solinadi. Bahorda о‘suv davrida azot о‘g‘iti ikkiga bо‘lib beriladi. Birinchi oziqlantirish о‘toq qilib о‘simlik siyraklashtirilgandan sо‘ng 240 kg karbamid yoki 550 kg sulfat ammoniy, ikkinchisi esa 3-4 chin barg paydo bо‘lganda yuqoridagi miqdorda solinadi.

Shira, lavlagi uzunburun zararkunandalarga qarshi kurashda 1 gektar ekin maydoniga preparatlardan 20% em.k Konfidor – 150-250 ml, 20% Maspilan – 150-250 ml, 57% Fufanon – 80-100 ml miqdorda 600 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.

Ismaloq bir yillik о‘simlik bо‘lib, ildiz bо‘g‘zidan 8-10 ta bargdan iborat tupbarg va о‘tsimon tik poya chiqaradi. Ismaloqni respublikada faqat bitta Nafis navi Davlat reyestriga kiritilgan.

Ismaloq о‘simligi sovuqqa chidamli sabzavotlar qatoriga kirib,urug‘i 3°S haroratda kо‘karib chiqadi. Yosh о‘simliklari 6-8°S gacha sovuqqa bardosh beradi.

Haroratning yuqori bо‘lishi va havo namligini pasayib ketishi о‘simlikka salbiy ta’sir qiladi, barglari mayda bо‘lib qoladi. Ismaloq hosili nihollar paydo bо‘lgandan 25-40 kundan sо‘ng yig‘ib olinadi.

Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ismaloqni tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr – 1 dekabr kunlari ekishni tavsiya qilinadi.

Ismaloq sabzavot seyalkalari bilan qо‘sh qatorlab, lentalar orasi 50-60 sm va qatorlar orasini 15-20 sm dan qilib, gektari 15-20 kg urug‘ni 2-3 sm chuqurlikka ekiladi.

Ismaloq urug‘i sepilgandan sо‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi.

О‘suv davrida parvarish qilish ishlari ekinni sug‘orish, qator oralarini yumshatish va begona о‘tlarni о‘tashdan iborat bо‘lib, oziq-ovqatga ishlatadigan ismaloq yagana qilinmaydi.

Ismaloq 5-6 ta barg chiqargandan boshlab kesilib yoki yulinib hosili bir necha marta yig‘ishtiriladi. Gulpoyalar chiqarganda hosili terilmaydi. Ismaloqning hosildorligi gektariga о‘rtacha 120-150 s/ga tashkil etadi.

Ukropning mahalliy Uzbekskiy 243 va Orom hamda xorijiy Anet navlari respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ukropni tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr– 1 dekabr kunlari ekish tavsiya qilinadi.

Kо‘kligida ishlatiladigan ukrop urug‘i pollarga qalin qilib sepilib, gektariga 20-25 kg urug‘ sarflanadi.

Ukrop urug‘i sekin unib chiqadi. Ukrop о‘toq qilish, lentalar orasini yumshatish va bostirib sug‘orish yо‘li bilan parvarish qilinadi.

Kо‘kligida ishlatiladigan ukrop aprel oyidan boshlab, bо‘yi 10-15 sm ga yetganda о‘rib olinadi. Ukrop kо‘kligida ishlatish uchun ekilganda gektaridan 10-12 tonnagacha hosil olinadi.

Kashnichning Orzu va Yantar navlari rayonlashgan bо‘lib, sovuqqa chidamli bir yillik о‘tchil о‘simlik hisoblanadi. Uning urug‘ini о‘sishi uchun 5-6°S, kо‘karib hosil yaratishi uchun 15-16°S harorat kerak. Kashnich о‘suv boshida sekin о‘sadi, keyin tez rivojlanadi.

Tо‘qsonbosti usulda ekilgan kashnichning о‘suv davri 40-50 kun bо‘lib, hosil pishish davri agarda plyonka bilan qoplangan bо‘lsa – mart oyida yoki ochiq maydonda yetishtirilgan bо‘lsa – aprel oyiga tо‘g‘ri keladi.

Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holdakashnichni tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr – 1 dekabr kunlari ekishni tavsiya qilinadi.

Pol qilib sepilganda gektariga 8-10 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan sо‘ng, ustidan mayda chirigan gо‘ng sepiladi.

Asosiy parvarishi 1-2 marta о‘tash, qalin yerlarini bir oz yaganalash va vaqtida sug‘orishdan iborat. Yaxshi parvarishlanganda gektaridan 12-15 tonnagacha hosil olish mumkin.

Petrushkaning Nilufar, Saxarnaya va Novas navlari rayonlashgan bо‘lib, u sovuqqa chidamli ikki yillik о‘tchil о‘simlik hisoblanadi.

Uning urug‘ini о‘sishi uchun 5-6°S, kо‘karib hosil yaratishi uchun 15-16°S harorat kerak. Petrushka о‘suv boshida sekin о‘sadi, keyin tez rivojlanadi. Petrushka yer tanlamaydi.

Tо‘qsonbosti usulda ekilgan kashnichning о‘suv davri 55-60 kun bо‘lib, hosil pishish davri agarda plyonka bilan qoplangan bо‘lsa – mart oyida yoki ochiq maydonda yetishtirilgan bо‘lsa – aprel oyiga tо‘g‘ri keladi.

Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda petrushkani tо‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15 noyabr – 15 dekabr, shimoliy viloyatlarda 1 noyabr– 1 dekabr kunlari ekish tavsiya qilinadi.

Pol qilib sepilganda gektariga 3-4 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan sо‘ng, ustidan mayda chirigan gо‘ng sepiladi.

Asosiy parvarishi 1-2 marta о‘tash, qalin yerlarini bir oz yaganalash va vaqtida sug‘orishdan iborat.

Otquloqni yetishtirishda fosforli о‘g‘itni yillik miqdorini 75%, kaliyni hammasi yerlarni asosiy ishlov davrida, qolgan 25% fosforni yerni boronalab egat olishda berish tavsiya etiladi.

Yaxshi parvarishlanganda gektaridan 10-12 tonnagacha hosil olish mumkin.

Kо‘kat sabzavotlarga ekishdan oldin yerni ekishga tayyorlash bilan birga 100 kg/ga meyorda ammofos, 100 kg/ga meyorda kaliy xlor о‘g‘iti, amal davrida birinchi oziqlantirish о‘toq va yaganalashdan sо‘ng 200 kg/ga ammiakli selitra, 70-80 kg/ga ammofos, ikkinchi oziqlantirish  2-3 ta chin barg paydo bо‘lganda 200 kg/ga ammiakli selitra qо‘llab о‘tkaziladi. О‘g‘itlar о‘g‘itlagich moslamalar bilan qator oralariga о‘simlikka yaqinroq qilib beriladi.

Ushbu tadbirlarning barchasi aholini ertagi sabzavot mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga, ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash va eksport hajmlarini oshirishga qaratilgan.

SH. J. Teshayev

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori o‘rinbosari-ijrochi direktor

R. A. Nizamov

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilimiy-tadqiqot instituti direktori