AKIS bilan agrar bilimlaringizni boyiting!

#

Siz zamonaviy qishloq xo‘jaligi tendensiyalaridan xabar topib, hosilingizni bir necha barobar oshirishni istaysizmi? Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olishda alohida ustunlik beruvchi sertifikatga ega bo‘lishni-chi? Bu borada sizga Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning viloyatlardagi filiallarida tashkil etilgan tashkil etilgan “Agroilm” loyihasi ko‘makchi bo‘la oladi.

 

Shunchaki uyali telefoningiz orqali onlayn ariza qoldiring va biz sizga onlayn hamda offlayn o‘qitish imkoniyatini yaratib beramiz. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabgorlarimiz uchun alohida chegirmalar mavjud.

 

Keling, o‘rganing, sertifikat oling va 3 balli ustunlikka ega bo‘ling!

 

Kichik eslatma: Mazkur o‘quv seminarlari qisqa muddatli ya’ni 5 kun davomidagi 20 soatlik darsni o‘z ichiga oladi.

 

Agroilm ta’limi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavot va polizchilik, issiqxona xo‘jaligi, urug‘chilik va ko‘chatchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik hamda gulchilik yo‘nalishlarida olib boriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning!

Ro`yhatdan o`tish

Boshlanish sanasi
  • 14.03.2023
  • 10:00
Tugash sanasi
  • 26.03.2023
  • 16:00
Joylashuv
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Toshkent vil., A. Yassaviy MFY, Sh. Rashidov ko'chasi, 1-uy
Ro`yxatdan o`tish