AKIS. Tadbirlarda, teleko‘rsatuvlarda, turli qonun hujjatlarida tez-tez tilga olinadigan bu qisqartma oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligiga aloqador kishilarga ancha tanish bo‘lib qolgan bo‘lsa kerak. AKIS – inglizcha Agricultural Knowledge and Innovation Systems jumlasining qisqartmasi bo‘lib, “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi” deb tarjima qilinadi. Afsuski, qishloq xo‘jaligi ishchilari va bu sohaga qiziquvchi havaskorlar orasida “navbatdagi dabdali atama, tez kunda unutilib ketadi” degan xayolga borib, uni e’tiborsiz qoldirayotganlar bor. To‘g‘ri, AKIS ga bunday yondashish urf bo‘lib qolsa, u foyda keltirishga ulgurmay unutilishi ham mumkin. Ammo mavzuga jiddiy qaralsa, bu tizim qay darajada ahamiyatli ekani, real naf keltirishi anglashiladi.