Об итогах тренинга, проведенного в Ташкенте

#

“O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish” tushunchasi Yevropada va boshqa rivojlangan davlatlarda ko‘p yillardan buyon mashhur. Qishloq xo‘jaligida bu texnologiyadan foydalanib, tabiatni, ekin yerining ahvolini yaxshilash, kimyoviy moddalarni kamaytirish, oziq-ovqatning sifati va xavfsizligini oshirish bu tushunchaning asosidir.

 

Afsuski, O‘zbekistonda kimyoviy moddalardan nazoratsiz foydalanish holatlari ko‘p uchraydi. Sovet davridan qolgan bu amaliyot tuproqning unumdorligini pasaytirib, ekologiya ifloslanishiga, insonlar, hayvonlar va o‘simliklar salomatligiga xavf soladi. Shu tufayli O‘zbekistonga ham O‘UHQ tushunchasi kirib keldi. U mamlakatda qishloq xo‘jaligidagi vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati O‘UHQni joriy etishga e’tibor qaratmoqda. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida bu ko‘zda tutilgan. Mana shu hujjatdagi vazifalarni bajarish maqsadida 2022 yil dekabrida Yevropa Ittifoqining ASK dasturi va Britaniyaning CABI tashkiloti yordamida, NRI tabiat tadqiqoti instituti hamkorligida o‘quv treningi o‘tkazildi.

 

Ikki hafta davom etgan treningni qishloq xo‘jaligida 40 yillik tajribaga ega ekspertlar Xans Dobson va Manfred Grossrider olib bordi. Tadbirda turli tashkilotlarning ilmiy xodimlari, shuningdek, sohada mustaqil ishlaydigan fermerlar va mutaxassislar qatnashdi. Jami 30 dan ortiq ishtirokchi bu mavzuda yangi bilimlarga ega bo‘ldi, yevropalik hamkasblarining tajribasini o‘rgandi.

 

Bunday treninglar va tadbirlar o‘tkazilishi qishloq xo‘jaligida ishlaydigan o‘zbekistonliklarga bu sohadagi bilimlarini oshirishga yordam berib kelmoqda. Ularga qisqa vaqtda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar haqida ma’lumot berilib, sertifikatlar topshirilmoqda. Ishtirokchilar bu bilimlardan o‘z ishida, kasbida foydalana boshlasa, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga kimyoviy moddalar keltiradigan zarar sezilarli kamayishi kutilmoqda.

Регистрация

Дата начала
  • 15.03.2023
  • 11:00
Дата завершения
  • 22.06.2023
  • 15:30
Местоположение
Область: Андижанская
Адрес:
Регистрация